“Oliy ta’lim taşkilotlariga öqişga qabul qiliş va davlat buyurtmasini joylaştiriş tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Belgilab qöyilişiça:

a) davlat granti va tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilişning minimal ötiş bali tegişli bakalavriat ta’lim yönalişining oldingi öquv yilidagi örtaça ötiş ballarini hisobga olgan holda Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi;

b) hududlar, sohalar va tarmoqlarning oliy ma’lumotli kadrlarga bölgan ehtiyojini ta’minlaş uçun davlat buyurtmasi parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari ajratiladi. Bunda:

  • davlat organlari va taşkilotlari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan xöjalik jamiyatlari maqsadli qabul buyurtmaçilari hisoblanadi hamda kadrlarga bölgan öz ehtiyojlarini Davlat komissiyasiga taqdim etadi;
  • hududlar kesimida maqsadli qabul tegişli hududda doimiy yaşaydigan (doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olingan) hamda umumiy örta, örta maxsus va professional ta’lim taşkilotlarini tamomlagan abituriyentlar orasida tanlov asosida amalga oşiriladi;
  • maqsadli qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilgan fuqaro bilan manfaatdor tuman (şahar) hokimiyati, sohaviy davlat organi (taşkiloti) va oliy ta’lim taşkiloti örtasida tört tomonlama şartnoma tuziladi. Bunda talabani iş bilan ta’minlaş va uning öqişni yakunlagandan söng muayyan hududda (taşkilotda) işlab berişini monitoring qiliş kadr buyurtmaçisi zimmasiga yuklanadi;

v) 2024-2025 öquv yili qabulidan boşlab oliy ta’lim taşkilotlarining boşqa ta’lim şakllariga umumiy qabul parametri kunduzgi ta’lim şakli uçun belgilangan qabul kvotasidan köp bölmagan miqdorda belgilanadi.