Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida maktab öquvçilari bölgan Lasetti YTHga uçragani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça Lasettida maktab öquvçilari bölmagan.
Ma’lum qilinişiça 2024 yil 25 may kuni 09:15 larda M-39 “Toşkent-Termiz” avtomobil yölining Ş.Raşidov tumanidan ötgan qismida Navoiy viloyatida yaşovçi 21 yoşli S.A Lasetti maşinasini boşqarib borayotib, yöl belgisiga amal qilmasdan orqaga qayrilib olgan.
Şunda u Toşkent-Samarqand yönalişda xarakatlanib ketayotgan, Toşkent viloyatida yaşovçi 53 yoşli X. R. boşqaruvida bölgan avtobusning yöliga çiqib ketib u bilan töqnaşgan.
Oqibatda Lasetti salonida bölgan 21 yoşli yölovçi oğir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bölgan. 20 yoşli yana bir yölovçi va Lasetti haydovçisi RŞTYoIM Jizzax filialining jonlantiriş bölimiga yotqazilgan. Avtobus haydovçisi va uning yölovçilarga tan jarohati yetmagan.













