«Tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etiş tartiblarini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, yuridik şaxs taşkil etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar (qöllab-quvvatlaş çoralari) ularning reyting darajasidan kelib çiqqan holda quyidagi tartibda joriy etiladi:
Qöllab-quvvatlaş çoralari «V» va undan yuqori reyting darajasiga ega tadbirkorlarga amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:
- AAA toifa – amaldagi miqdorning 100 foizi;
- AA toifa – amaldagi miqdorning 90 foizi;
- A toifa – amaldagi miqdorning 80 foizi;
- VVV toifa – amaldagi miqdorning 70 foizi;
- VV toifa – amaldagi miqdorning 60 foizi;
- V toifa – amaldagi miqdorning 50 foizi;
Qöllab-quvvatlaş çoralari röyxatdan ötganiga 6 oy bölmagan, şuningdek, prezident farmoniga muvofiq 4- va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga ularning reyting darajasidan qat’i nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi.
Tadbirkorlarning reyting darajasi:
- pasaygan taqdirda, qöllab-quvvatlaş çoralarini taqdim etiş 3 oy davomida saqlab qolinadi;
- kötarilgan taqdirda, qöllab-quvvatlaş çoralari keyingi oydan boşlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.
2025 yil 1 yanvardan Subsidiya.mf.uz platformasida tadbirkorlarga taqdim etiladigan qöllab-quvvatlaş çoralarining turlari, muddatlari va tartibini öz içiga olgan alohida reyestr yuritiladi.








