24 may kuni Toşkent şahrida işçini qum bosib qoldi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Soat 17:05 da Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga Yakkasaroy tumani «Dilbuloq» MFY hududida bir nafar fuqaroni yangi qurilayotgan turar joy majmuasi çuqurida payvandlaş işlarini olib borayotgan vaqtida tuproq bosib qolgani töğrisida murojaat kelib tuşgan.

Aytilgan manzilga qutqaruvçilar yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv işlarini amalga oşirgan. Olib borilgan harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib çiqilib, birinçi yordam körsatilgan va şifoxonaga yuborilgan.

Fuqaroning ahvoli yaxşi va u şifokorlar nazoratida.