Semizlikka qarşi Wegovy dorisini işlab çiqaruvçi Novo Nordisk kompaniyasi işçilari sonini 11,5 foizga (9 ming işçi) qisqartirişini e’lon qildi. Bu qaror raqobatçisi – Eli Lilly (AQŞ) va boşqa arzon narxdagi muqobil dorilar işlab çiqaruvçilarga qarşi kuraş hamda ösişni tiklaş maqsadida qabul qilingan.
Iyul oyida Novo Nordisk 70 mlrd dollarlik bozor qiymatini yöqotgandi. Yil boşidan beri esa kompaniyaning aksiyalari qariyb 46 foizga arzonlaşib, kapitalizatsiyasi 181 mlrd dollarga kamaygan. Bungaça Novo Nordisk Yevropaning eng qimmat kompaniyalaridan biri bölib, kapitalizatsiyasi 650 mlrd dollarga teng edi.
Qisqartirişlarning 5 ming nafari Daniyada böladi. Kompaniya tejalgan mablağni ilmiy-tadqiqot işlari, işlab çiqarişni kengaytiriş va bemorlar uçun imkoniyatlarni yaxşilaşga qayta yönaltirişini ma’lum qildi.
















