Dasturning oçilişida sözga çiqar ekan, prezident Rajab Toyyib Erdöğanning rafiqasi Emine Erdöğan Anadoluning ming yillar davomida hosil bölgan unumdor ölkalariga töxtalib, şunday dedi:

«Anadolu xuddi insoniyat, sivilizatsiya va madaniy taraqqiyotining ilm jamğarmasi kabidir. Ilk uruğlari ön minglab yillar oldin yerga kömilgan ajdodlar nasli makonidir. U bir xil tarif bilan ming yillar davomida bir xil osmon ostida, bugungi kunda esa bir xil tariflar bilan pişirilgan qadimiy retseptlar mamlakatidir».

Turk oşxonasi dunyoning maşhur oşxonalari orasida dunyoga juda kam mazali retseptlarini oçganiga e’tibor qaratgan Emine Erdöğan şunday dedi:

«Maqsadimiz — oşxonamizni dunyoga munosib tarzda tanitiş va biz ega bölib turgan madaniy boyligimizni saqlab, kelajakka loyiq holda olib borişdir. Qadrli akademiklar va usta oşpazlar bilan birgalikda «Asrlik retseptlar bilan turk oşxonasi» kitobini naşr etiş orqali biz nafaqat oşxona madaniyatimizni taniştirdik, balki çiqindisiz va barqaror retseptlarimizni ham xalqimiz va butun insoniyat manfaati uçun taklif qildik».

Emine Erdöğan Turkiya sifatida jamiyatdagi har bir guruhni bir neça asr davomida ta’sir qilgan köplab mamlakatlar xalqlari bilan bir dasturxon atrofida birlaştirgan, çuqur ildiz otgan oşxona madaniyatiga ega bölişning qiymatini bilişini, ozoda, soğlom, mahalliy va asil ozuqalardan foydalaniş butun insoniyatning huquqiga ega bölişiga işonişini urğuladi.

«Turk oşxonasi — mehnat va sabr-toqat birlaşganda yuzaga keladigan möjizaning nomi. Yer haydaydigan, uruğ ekadigan, köçat ötqazadigan, hosilni örganadigan, xamir qoradigan, uni yoyadigan va boşqa barça mohir qöllarning hamkorlikdagi işidir.

Mamlakatimizning har bir şahrida mahsulot bilan aks etgan va qalbimizni şakllantirgan inson hikoyasi mavjud. Geografik körsatkiçi bilan röyxatga olingan mahsulotlar bilan biz özligimizni şakllantiradigan hikoyalarni ham himoya qilgan bölamiz», — dedi Emine xonim.

Turk oşxonasiga bağişlangan 21–27 may haftaligi turk oşxonasini munosib tarzda tarğib qiliş uçun noyob imkoniyatlar taqdim etganiga diqqat qaratgan Emine Erdöğan, barça tegişli muassasalar va xalqning qöllab quvvatlaşi bilan bu haftaning haq qanday millat odami bilan umumiy dasturxon atrofida an’anaviy uçraşuvga aylanişi haqidagi tilaklarini bildirdi.