Jumladan:

19 may. Toşkent şahri Yaşnobod tumanida joylaşgan TAPOiÇ köprigidan Gentra quladi. Oqibatda maşina haydovçisi va unda bölgan ikki nafar yölovçi tan jarohatlari olgan.

19 may. Samarqand şahrida “Nexia-2” maşinasi boşqaruvni yöqotgan. Söng yöl çetidagi beton ustunga urilib, maşina ikkiga bölinib ketgan. Hodisa oqibatida maşinada bölgan yölovçilar turli darajada tan jarohatlari olişgan.

Farğona viloyati Buvayda tumanida maktabning 9-sinf öquvçisi traktor boşqarib temiryölga çiqib ketgan. Oqibatda traktorni poyezd urib yuborgan va öquvçi halok bölgan.

20 may. Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanida 35 yoşli haydovçi yölni kesib ötayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bölgan.

21 may. Samarqand şahrida piyodalar yölakçasidan ötayotgan talaba yigitni Nexia-2 maşinasi urib yuborgan. Oqibatda talaba şifoxonada vafot etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda talaba yigitni poyga uyuştirgan maşina urib yuborgani aytilgan xabarlar tarqaldi.

24 may. Toşkent şahrida tez harakatlangan Toyota Prado haydovçisi boşqaruvni yöqotgan. Söng yölning qarama-qarşi tomoniga ötib ketib, uçta maşina bilan töqnaşgan. Oqibatda Toyota Prado haydovçisi voqea joyida halok bölgan. Boşqa haydovçilarga tuman şifoxonasida tibbiy yordam körsatilgan.