Özbekiston elçisi Ğayrat Fozilov Belgiyaning GroupDepre kompaniyalar guruhi boş direktori Karolin Depre bilan uçraşuv ötkazdi.
"Dunyo" xabariga köra, muloqot çoğida ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, Yevropa bozoriga Özbekiston mahsulotlari eksportini oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Belgiya vakiliga Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning samarali natijalari, şuningdek, respublikada sanoat va tadbirkorlikni rivojlantiriş borasidagi dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Bölib ötgan muzokaralar yakunida Özbekistondan dukkakli ekinlar importini 2023 yilga nisbatan ikki baravarga köpaytiriş, şuningdek, Özbekiston eksport mahsulotlari turlarini diversifikatsiya qiliş va kengaytiriş, xususan, quritilgan meva va sabzavotlar yetkazib beriş hajmini oşiriş böyiça kelişuvga erişildi.








