2023-2024 yillardagi El-Ninyo iqlim hodisasi yakunlandi, ammo iyul oyining örtalariga qadar global iqlimga ta’sir qilib, ob-havoni isitişda davom etadi. 

Bu haqda Turkiyaning Böğoziji universiteti qoşidagi Iqlim özgarişi va siyosati tadqiqot markazi direktori, professor Levent Kurnaz ma’lum qildi. 

Uning sözlariga köra, bu davrda dunyoda El-Ninyo ta’siri tufayli harorat rekordlarining yangi tölqini kuzatilişi mumkin. 

«AQŞ Milliy okean va atmosfera tadqiqotlari agentligi (NOAA) ma’lumotlariga köra, 2023 yilda yer yuzasining örtaça harorati butun XX asrdagi örtaça körsatkiçdan 1,18 daraja yuqori böldi. XX asrda sayyoramizning örtaça harorati taxminan 13,9 daraja edi. 2016 yilda bu farq 0,15 darajani taşkil qildi», dedi u. 

Olimlarning fikriga köra, issiqxona gazlari emissiyasidan taşqari, El-Ninyo fenomeni ötgan yili global haroratning oşişiga katta hissa qöşgan. 

Avstraliya meteorologiya byurosi ma’lumotlariga köra, 2023 yil iyun oyida El-Ninyoning boşlanişi va 2024 yil aprel örtalarida tugaşi oraliğida 248 kunlik rekord issiqlik kuzatildi. 

Levent Kurnaz sözlariga köra, Peru qirğoqlarida El Ninyo faolligi pasaygan. Şu bilan birga, u hozirgi hodisa hali ham 1998 va 2016 yillardagi «super El-Ninyo»dan zaifroq ekanini ta’kidladi. 

Professor global isiş tufayli yoz uzoqroq va issiqroq, qiş esa qisqaroq va issiqroq bölib borayotganini ta’kidladi. 

«Bugun qiş tugaşi va bahor qaçon boşlanişi yoki kuz tugaşi va qiş qaçon boşlanişi aniq emas. Yozgi mavsumga ötiş davrida ham xuddi şunday manzara kuzatilmoqda», dedi u. 

«El-Ninyo» (ispança – bolakay) ob-havo fenomeni örtaça 2-7 yilda bir marta sodir böladi va odatda 9 oydan 12 oygaça davom etadi. Bu Tinç okeani markaziy va şarqiy tropiklarida suv yuzasidagi haroratning kötarilişi bilan boğliq iqlim rejimi hisoblanadi. Ammo bu inson faoliyati natijasida özgargan iqlim şaroitida ham sodir böladi.