«Iste’fo mumkin emas afv». Erik ten Hagning taqdiri nima böladi?
|21:03 / 28.05.20246 28414 min
Angliya kubogi finalida «Mançester Yunayted» ğalaba qozongaç, klubning yangi rahbarlari juda qiyin dilemma qarşisida qolişdi: Erik ten Hag ketişi kerakmi yoki yöq? Nazarimda, INEOS uçun dastlabki muhim va mas’uliyatli qaror ham şu böladi.
Foto: Getty imagesFoto: Getty images
Klubdagi turli yönalişlarni rivojlantiriş uçun pul tikiş, kadrlar masalasida bir qator özgarişlar, hammasi kutilgan va tuşunarli qarorlar, ammo boş murabbiy masalasi bahsli va muhokama uçun juda oçiq bölganidan, uning ortidan keladigan bosimlarga ham doş bera oliş kerak böladi.
Avvalo, nega şu paytgaça, Retkliff va uning şeriklari omma köz öngida Erik ten Hag masalasini oçiq qoldirayotganiga izoh beriş kerak. Menimça, hammasi töğri amalga oşirilmoqda. Köpçilik uşbu noaniqlikni tanqid qilmoqda, lekin qarang, jamoa juda yomon mavsum ötkazgan bölsa-da, kubok finali oldidan murabbiyni iste’fosini e’lon qiliş – yaxşi yöl emas. Murabbiy qolişini rasman bayonot bilan aytiş ham notöğri yöl – çunki, agar finalda ham «MYu» mağlubiyatga uçraganda, ten Hagni heç kim olib qolmasdi, şubhasiz. Xöş, unda finaldan keyingi jimlik nimaga?
Tasavvur qiling, jamoa finalda ğalaba qozonadi va darhol ten Hagga yana imkoniyat berilişi haqida aytiladi. Unda qaror birgina öyin natijasidan kelib çiqqanini tan oliş bölib qoladi-ku? Bu ham noprofessionallik. Ya’ni INEOS qanday qarorga kelişidan qat’i nazar, vaziyat çözilayotgani tuşunarli, birinçidan, tahlillar bir uçraşuv natijasidan kelib çiqmayotganini namoyon qiliş, ikkinçidan, hozir böş bölgan turli murabbiylarni örganib, ularni ten Hag bilan soliştiriş.
Endi bir qator maşhur savollarga javob izlab köramiz.
Jarohatlar rostan ham jiddiy argumentmi?
Ha, ten Hag faoliyatiga baho berişda bu faktorning ahamiyati katta bölişi şubhasiz. Mavsum davomida 60 dan ortiq jarohatlar sodir böldi, birgina markaziy himoya çiziğida 15 xil kombinatsiya sinab körildi. Deyarli butun mavsum çap qanot himoyaçisi mavjud bölmadi va hokazo. Martines safga qaytganida, oz vaqt yanvarda, keyin, sönggi turlar, kubok finalida ham «MYu» nisbatan ança yaxşi öyin körsata olgani ham jarohatlar ten Hagga jiddiy xalaqit berganini körsatadi. Gap bu yerda faqat maydonga tuşa olmagan futbolçilarning sonida ham emas. Misol uçun Martines nafaqat oddiy markaziy himoyaçi, balkim umuman öyin uslubiga ta’sir körsatadigan murvat hisoblanadi. Ten Hag futboli yuqori pressingga asoslangan, Martines – Varan juftligisiz esa buning iloji yöq. Maguayr, Evans yoki Lindelyof kabi himoyaçilar asosan quyi blokda samarali hamda yuqori tezlikka ega emas. Bu futbolçilar bilan bild-ap, ya’ni himoyadan hujumga aniq paslar bilan çiqiş ham qiyinroq. Onana ham aslida aynan oyoqda töpni yaxşi nazorat qilişi, pas beriş böyiça De Xeadan yaxşiroq ekani uçun ham sotib olingan. Jarohatlar natijasida, murabbiy ikki asosiy qurollarining biridan mahrum böldi.
Mavzuga oid
Transferlar
Ten Hagga qöyiladigan eng katta ayblardan biri. Antoni, Kazemiro, Maunt kabi futbolçilarga katta pul tölangani bugungi «MYu» tarkib jihatidan peşqadamlardan uzoq ekanining sabablaridan biri sifatida körsatiladi. Axir şu futbolçilarga sarflangan bir neça yuz millionga raqobatbardoş, çindanam kuçli tarkib tuziş ham mumkin edi-ku?
Albatta, töğri ayblov, ammo bu ham klubda yaxşi tizim yölga qöyilmaganini körsatadi. Aslida transferlarga, ayniqsa narxlarga murabbiy javob bermasligi kerak. «Ayaks»ning özi 60 million baholab turgan futbolçiga 100 millionni, şartnoma muddati bir yilgina qolgan Mauntga 70 millionni ten Hag bermagan. Tabiiyki, har qanday murabbiy yangi futbolçilarga qarşi bölmaydi, imkon qadar tarkibi kuçliroq bölişini istaydi. Pullarni töğri sarflab, tarkib şakllantiriş ustida işlaş avvalo sport bölimining vazifasi bölişi kerak. Bu bölim «Old Trafford»da yöq.
Şuningdek, Kobbi Maynu va Garnaço sönggi ikki yilda «MYu»da deyarli tekinga paydo bölgan aktivlar Erik ten Hagning xizmatidir. Tanganing bu tomonini ham inobatga oliş kerak.
Ten Hag eplay olmadimi?
Albatta, heç kim jarohatlardan kafolatlanmagan. Yaxşi murabbiy bir yoki bir neçta futbolçining mavjud emasligidan bu qadar tubga tuşib ketmasligi lozim. Natijalarda niderlandiyalik murabbiyning ham bevosita xato qarorlarining uluşi ham köp. Finaldan keyin u doim agar hamma formada bölsa, jamoa yaxşi öyin körsata olişini aytib kelganini ta’kidladi, lekin murabbiy şu bilan birga, mavjud futbolçilar bilan ham maksimal öyinni körsata olişi kerak.
Masalan, yuqorida aytdik, bu himoyaçilar bilan yuqori pressing imkonsiz. Ten Hag bor futbolçilardan kelib çiqiş örniga, ham yuqori pressing, ham quyi blokni aralaştirdi, bu esa maydon markazida juda katta böşliq paydo qildiki, dangasa bölmagan hamma jamoa foydalandi. Saviyadan qat’i nazar, sal bölsa-da, öz öyiniga ega har qanday jamoa «MYu»ni jazoladi. Axir ança ziçroq bölgan va pressingga ham şaroit yaratadigan 4-2-2-2 sxemasi bilan «Nyukasl», «Brayton» va «Siti» mağlub etildi, nega avvalroq bu eksperimentlar amalga oşmadi?
Kadrlar masalasida ham şu gap. Amad yoki Amrabat kabi futbolçilar allaqaçon foydali bölişi mumkin bölgan paytda, Reşford va Kazemiroga ortiqça işonib yuborilgani, ya’ni, turli taktik sxemalar va rotatsiyalar orqali optimal yeçim topiş örniga ten Hag jarohatlangan futbolçilarning qaytişini kutiş bilan vaqt ötkazgani mavsumni hal qildi.
Ten Hag – krizis menejer emas.
Rostan ham «MYu» bu mavsum ham jarohatlar, ham turli futboldan taşqari sabablardan taşqari inqirozga tuşib qoldi. Ten Hag bu şaroitda jamoani olib çiqiş örniga, u bilan birga inqirozga ğarq böldi. Bu tuşunarli.
Ammo birinçi savol, inqiroz şaroitida hamma murabbiy ham işlay oladimi? Ançelotti, ha, isbotladi, Klopp esa, ikki marta «Liverpul» jarohatlar girdobida törtinçi va beşinçi örinlarni oldi. Töğri, «MYu» qadar tubga tuşmadi, ammo «Liverpul» öşa inqirozlardan avvalgi mavsumlarda çempion jamoa bölgan. Farq sezilarli. Ayni damdagi har qanday murabbiy, Pep Gvardioladan taşqari, faoliyatida bir marta bölsa ham iste’foga çiqarilgan. Nega? Albatta, qandaydir inqirozni hal qila olmagani tufayli. Öşa inqiroz «MYu»dagidan kattaroqmidi? Soliştiriş qiyin.
Ikkinçi savol, bir murabbiyning inqiroz şaroitida vaziyatni eplay olmagani, uning yaxşiroq şaroit uçun ham yomon ekanini isbotlaydimi? Yöq, albatta. Balkim, ten Hag öşa özining yagona uslubi doirasida hali ham top-murabbiydir, balkim, agar rostan ham jarohatlar bölmaganda, yaxşiroq tarkib bilan u yuqori örinlar uçun kuraşardi, xuddi ötgan yilgi kabi?
U holda klub egalari jamoada inqiroz bölmaydigan şaroitni ta’minlab, misol uçun yaxşi şifokorlar ştabi, yaxşi transferlar yordamida köproq saviyali futbolçilarni taqdim qilib, ten Hag uçun noqulay bölgan inqirozni çetlab ötiş orqali vaziyatni önglaş mumkindir? Tan oliş kerakki, ten Hag Yevropa darajasida muvaffaqiyatli işlagan «Ayaks» va hozirgi «MYu» tizimlarini soliştirsak, Niderlandiya klubi ança barqaror edi.
Nomzodlar bormi?
Bozorda Klopp, Gvardiola, Ançelotti kabi yaqqol top darajadagi nomzodlar yöq ekan, mavjud nomzodlarning ten Hagdan yaxşiroq ekanini aytiş qiyin. Tuxel va Konte, ha, katta sovrinlar yutgan murabbiylar, ammo xarakter jihatidan risk borligini hamma biladi. Poçettino öxşaş şaroitda yaxşiroq işladi, deya olmaymiz. Makkena yoki De Dzerbi kabi murabbiylarning top-klubda, ma’lum natija bosimi ostida qay darajada işlay olişlari noma’lum va hokazo. Albatta, yaxşiroq qidirilsa, tahlil qilinsa, «MYu»da ten Hagdan yaxşiroq işlay oladigan murabbiylar juda köp bölişi mumkin, ammo oldindan aniq aytiş qiyin.
Aslida iste’fo röy berişi uçun mavjud murabbiydan aniq yaxşiroq variant bölişi ham şart emas köpinça. Jamoa qandaydir boşi berk köçaga kirib qoladi, futbolçilar, muxlislar mazkur muhitdan zerikadi, har tomonlama, bu hamkorlik yakuniga yetgani bilinib turadi. U holatda iste’fo bölişi aniq, yangi murabbiy tanlaş esa boşqa, alohida qaror sifatida baholanadi. Ammo ten Hag bilan vaziyat unday emas: murabbiy bir mavsum özini yaxşi körsatdi, ikkinçisida, ma’lum şaroitlar ostida muvaffaqiyatli işlay olmadi. Agar murabbiy öz rejalarini amalga oşirsa, jamoa qançalik kuçli bölişi mumkinligi, umuman murabbiyning pik nuqtasi hali amalga oşmadi, loyiha çala. Masalan, Lui van Gaal va Mourino davrida holat biroz boşqaça edi, jamoa nisbatan öz çöqqisiga çiqib, pasayişga ham ulgurgandi.
Muxlislar ten Hag tarafda
Hatto kubok finalidan oldin ham «MYu»ga muxlisligi bilan maşhur köp mutaxassislar ham ten Hagga yana bir yil imkoniyat beriş kerakligini aytayotgandi. Finaldan keyin oddiy muxlislar orasida ham murabbiyning tarafdorlari köpaydi. «Uembli»dagi muhit ham klub rahbariyatiga ten Hagning iste’fosi jamoatçilikda noroziliklarga sabab bölişi mumkinligini körsatgani şubhasiz. Eng maşhur United Stand portali sörovnomasida ten Hagning «MYu»da qolişiga 85 foiz foydalanuvçi ovoz bergan. Boşqa sörovnomalarda ham Erik quvvatlanmoqda. Buning ustiga, ayni damda «Mançester Yunayted» muxlislari uçun bu öringa Erikdan köra yaqqol favorit bölgan, köproq simpatiya uyğota oladigan nomzodlar ham körinmayapti.
Katta dilemma
Finaldagi ğalaba INEOS uçun katta boşoğriq keltirib çiqargani aniq. Töğri, yuqorida aytilganidek, birgina öyin natijasi ulkan tahlillarni yöqqa çiqara olmaydi, buning ustiga, «MYu» «Mançester Siti» kabi jamoalarga qarşi yaxşi öynaşi, raqibga qarab tayyorlanib, rejani amalga oşirişi mumkin, ammo asosiy e’tirozlar kiçikroq klublar bilan, qaçonki raqib «MYu»ga qarşi yaxşi tayyorlanganda yuzaga keldi – Erik ten Hag doim işlaydigan, doim vaziyat yaratib, natija olib keladigan öyin tizimini hali körsata olmadi. Lekin kubok finali va undan keyingi emotsiyalarni ham butunlay çetga qöya olmaysiz, axir futbol mana şunday sovrinlar va muxlislar uçun emasmi?
Endi qarang, agar Erik ten Hag qoladigan bölsa va kelasi mavsum boşidan yana muammolar közga taşlansa, aybdor aniq – INEOS birgina finalga qarab qaror çiqarmaslik kerak edi, jamoadagi muammolar kattaroq ekani mavsum davomida körilgandi.
Agar Erik ten Hag ketadigan bölsa, hamda, bölişi haqiqatga yaqin, jamoa birdaniga zör öynaşni boşlamasa, qanaqadir muammolar paydo bölsa, aybdor aniq – INEOS Erik ten Hagga imkoniyat berişi kerak edi, u ikki yil davomida köp narsani isbotlagandi, muvaffaqiyatsizliklar jarohatlar tufayli ekani kubok finalida öz köringandi va hokazo.
Har ikki holatda ham yangi rahbarlar aybdor böladi. Bu xuddi David de Xea va Onana rokirovkasiga öxşab ketadi. De Xeaning xatolari, «MYu» darajasiga mos bölmay qolgani körinib turgandi, ammo ispaniyalik posbonning salohiyatini bilgan va uni yaxşi körgan köp muxlislar ketişini istamagan. Şuning uçun Andre Onananing dastlabki oylari juda qiyin keçdi, har bir xatosi de Xea bilan boğlandi, «agar de Xea qolganida yaxşiroq bölardi» degan jiddiy mulohazalar juda köp böldi. Aslida de Xeaning ketişi va Onananing kelişi ikki alohida qaror bölsa-da, ispaniyalik posbon jamoada qolişni xohlagani tufayli, ikkovini almaştiriş bitta yaxlit qarordek namoyon bölaverdi.
Hozirgi vaziyat ham öxşaş. Erik ten Hag jamoada qolib, öz loyihasini davom ettirmoqçi bölib turgan, futbolçi va muxlislar bunga qarşi bölmayotgan bir pallada turibmiz. Mavsumdagi yomon natijalarga köra murabbiyni iste’foga çiqariş – töğri qaror, ammo agar örniga yaxşiroği kelmasa, yaxlit olganda, notöğri qarorga aylanib qoliş xavfi bor. «Erik ten Hagni iste’foga çiqariş» emas, «Erik ten Hagni falon murabbiyga almaştiriş» bölib qoladi endi. Bu esa tabiiyki, keyingi işlaydigan murabbiylarga ham, bu qarorni çiqaradiganlarga ham katta bosim yuklaydi.
Aslini olganda, oxirgi yozganlarim masalaning siyosiy jihati. Aslida, professional tahlilga asoslanib, rostan ham Ten Hag noloyiq yoki qaysidir murabbiy undan yaxşiroq, deb xulosaga kelinsa, kim nima deydi, bu bilan boşqalarga qanday körinamiz, degan fikrlar keçmasligi kerakdek.
Ammo bu bunday işlamaydi, futbol ommaviy öyin. Tabiiy ravişda omma bilan hisoblaşiladi. Sizning qaroringiz qanday argumentlar asosida yuzaga kelişidan qat’i nazar, qaçondir şunday qarorlar çiqariş vakolatiga ega bölaman, deb falon milliard tölab qöygan bölsangiz-da, tepadagi sarlavhamizda bitta vergulga joy topiş naqadar qiyin, töğrimi?