Turkiyaning Erzurum şahar jinoyat işlari böyiça birinçi sudi özining qalliği, rossiyalik femaktivist Anastasiya Yemelyanovani öldirişda ayblangan Suriya fuqarosi Muhammad Nizar Arnabehni oqladi. Bu haqda 27 may, duşanba kuni «Mediazona» Telegram-kanali marhumaning dugonasi Yuliya Safronovaga asoslanib xabar berdi.

32 yoşli Yemelyanovaning jasadi 2023 yil sentabrida Erzurumdagi ijaraga olingan kvartiradan topilgan, u özining qalliği, 29 yoşli Arnabeh bilan köçib kelgan. Erkak qasddan odam öldirişda ayblangan. Tergov ma’lumotlariga köra, u Yemelyanovani kaltaklagan va oyoğini şişa bölagi bilan kesib taşlagan, şundan söng qiz qon yöqotib vafot etgan. Turkiya prokuraturasi Arnabeh uçun umrbod qamoq jazosini talab qildi. 

Yemelyanovalar oilasining advokati Begum Osma sud qaroridan afsusda ekanini bildirib, apellyatsiya huquqidan foydalanişga va’da berdi, deb xabar qilmoqda Turkiyaning Gazete Duvar naşri. 

Yemelyanovaning qalliği avvaliga qotillikni tan oldi, biroq keyin hammasini rad etdi 

Tergov davomida Anastasiya Yemelyanovaning qalliği öz körsatmalarini bir neça bor özgartirgan, deb ta’kidlaydi «Mediazona». Avvaliga Arnabeh janjal kelib çiqqanini, bu vaqtda u Yemelyanovani beixtiyor turtib yuborganini va u şişa stol ustiga qulaganini aytdi. Ammo keyin erkak şişa bölagi bilan qizning oyoğiga bir neça marta urganini tan oldi. Hatto keyinroq, u öşa kuni keçqurun uyda umuman bölmaganini va işdan qaytib kelganida, qizni kvartirada ölik holda topganini da’vo qila boşladi. 

Marhumaning oilasi advokati patologoanatom xulosasini e’lon qildi, unda qiz tanasida köplab yumşoq töqimalar jarohatlari va kökarişlar qayd etilgan.

Rossiyada Anastasiya Yemelyanova «Yeva qovurğalari» gender tengsizligiga qarşi kuraş loyihasida işlagan, uruşga qarşi harakatlarda iştirok etgan va Turkiyada siyosiy mahbuslarga maktublar oqşomlarini uyuştirgan. U 2022 yilda Rossiyadan köçib ketgan.