Yevropa Ittifoqining EUMAM öquv missiyasi doirasida 50 ming ukrainalik harbiy xizmatçi öqitildi va yoz oxiriga borib ularning soni 60 mingga yetişi kerak. Bu haqda 28 may, seşanba kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi. Ukraina köproq odamlarni safarbar qilişi kerak ekan, unga köproq ta’lim imkoniyatlari kerak böladi va Yevropa Ittifoqi, öz navbatida, EUMAM missiyasini kengaytirişga tayyor, dedi Borrel Yevropa Ittifoqi mudofaa vazirlari yiğilişidan keyin ötkazilgan matbuot anjumanida.
«Öquv salohiyatimizni oşiriş böyiça konsensus ortib bormoqda, - dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari. - Lekin men bunga erişa olişimizga işonç hosil qilmagunimça, yangi raqamni e’lon qilişni xohlamayman». Uning sözlariga köra, vazirlar uçraşuvda öquv missiyasini Ukrainaga qisman ötkaziş mavzusini ham muhokama qilgan, biroq bu masala böyiça aniq umumevropa pozitsiyasi yöq.
Ğarb qurollari bilan Rossiya hududiga zarba beriş haqida munozara
Xuddi şunday, Yevropa Ittifoqi Ukrainaning Rossiya hududidagi harbiy nişonlarga hujum qiliş uçun YeI davlatlari tomonidan berilgan qurollardan foydalanişi joizmi yoki yöqmi, şu masala borasida bir fikrga ega emas. «Agar bu mutanosib ravişda amalga oşirilsa, xalqaro huquq böyiça qonuniy harakat ekanligi aniq, ammo bu har bir alohida davlat uçun qaror bölib, u mustaqil ravişda javobgarlikni öz zimmasiga olişi kerak», dedi Jozep Borrel. Uning sözlariga köra, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida bunga keskin qarşi bölganlar ham, boşidanoq Kiyevni bunday şarsiz qurol bilan ta’minlaganlar ham, yaqinda qurol qöllaş böyiça hududiy çeklovni olib taşlaşga rozi bölganlar ham bor. Biroq, Borrel bunday davlatlar soni va qaysi toifalar köpçilikni taşkil etişini aytmaslikni ma’qul kördi.
Uning ta’kidlaşiça, bu holat Rossiyaga yaqqol ustunlik beradi, biroq Yevropa Ittifoqi öz a’zolariga Ukraina uçun hududiy çeklovni olib taşlaş yoki olib taşlamaslikni buyurmaydi.
NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Bryusselda vazirlar bilan uçraşuv oldidan şunday fikr bildirdi. U yana bir bor ta’kidladiki, Ukraina özini himoya qiliş huquqiga ega, bu öz hududidan taşqaridagi nişonlarni möljalga olişni ham öz içiga oladi. «Xususan, bu hozir dolzarb, çunki eng oğir janglar Xarkiv viloyatida va Ukraina-Rossiya çegarasi yaqinida bölib ötmoqda va şuning uçun, albatta, ukrainaliklar harbiy nişonlarga zarba bera olmasalar, özlarini himoya qilişlari juda qiyin böladi. Çegaraning narigi tomonida Ukrainaga hujum qiliş uçun işlatiladigan raketalar, artilleriya va aerodromlar bölişi mumkin», dedi NATO boş kotibi. Uning fikriça, Kiyevning qurol işlatişiga çeklovlar kiritgan mamlakatlar öz qarorlarini qayta körib çiqişi vaqti keldi.








