Özbekistondagi asosiy neft qazib çiqaruvçi kompaniya – Saneg neft konlaridagi “Özbekneftgaz”ga tegişli uskunalarni nazoratga olmoqda. Bu – hukumatning 2024 yil 2-çoragi uçun investitsiya dasturida közda tutilgan.

Bu xususiylaştiriş jarayoni hozir qaysi bosqiçda ekani, xususiylaştiriş obekti va bitim qiymati ma’lum emas. Investitsiya dasturida keltirilişiça, neft konlaridagi uskunalar, UNG Petro AYoQŞlar tarmoği va Çinoz neftni qayta işlaş zavodi bilan birgalikda, jami 70 mln dollarga baholangan.

AYoQŞlar tarmoği va Çinoz NQZ Petroleum Technology Group nazoratiga ötgan bölsa, neft konlaridagi uskunalar Saneg egaligiga ötişi közda tutilgan.

Saneg bilan bundan ikki yil oldin Farğona neftni qayta işlaş zavodi böyiça ham xususiylaştiriş bitimi tuzilgan edi. 2022 yilning 22 may kuni Davlat aktivlarini boşqariş agentligi zavodning 100 foiz uluşi 100 mln dollarga “Sanoat Energetika Guruhi” MÇJga sotilganini e’lon qilgandi.

Biroq, 2024 yilning 29 may holatiga köra, zavodning 58,5 foiz uluşi Davaktivga, 41,5 foiz uluşi esa Saneğga tegişli.

Davaktivning Kun.uz'ga aniqlik kiritişiça, Saneg hali belgilangan tölovni töliq amalga oşirmagan.

“Xarid qiymatini tölagan qismiga mutanosib ravişda uluş ötkazib beriladi. Xarid qiymati töliq tölangandan va şartnoma şartlarini bajargandan söng, uluş ham töliq ötkaziladi”, – deyiladi agentlik izohida.

Saneg töliq tölovni qança muddatda amalga oşirişi kerakligi haqidagi savolga oydinlik kiritilmadi.

Ma’lumot uçun, bitim doirasida xaridorga quyidagi majburiyatlar ham yuklatilgandi:

  • zavodni modernizatsiya qiliş orqali zamonaviy va ekologik toza benzin, Yevro-5 talablariga javob beradigan dizel yoqilğisi, Jyet a-1 reaktiv yoqilğisi va suyultirilgan tabiiy gaz işlab çiqarişni köpaytiriş;
  • neft agregatlarini modernizatsiya qiliş, şuningdek, işlab çiqariş quvvatini kamida 2 million tonnaga oşiriş;