Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida “Nexia-2” maşinasiga örnatilgan gazballon portlagan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, maşinada bölgan tört kişi voqea joyida halok bölgan.

Ma’lum qilinişiça, bugun, 28 may kuni soat 13:00 larda Baxmal tumanida yaşovçi 63 yoşli haydovçi “Nexia-2” bilan M-39 Toşkent-Termiz avtomobil yölining Ğallaorol tumani hududidan ötgan qismida harakatlanayotib AGQŞdan maşinasiga gaz quyib çiqqan.

Söng harakatlanib ketayotganda tösatdan maşinaga örnatilgan gazballon portlagan. Oqibatda haydovçi, uning 56 yoşli xotini va 1993 hamda 2015 yilda tuğilgan yölovçilar oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bölgan.

“Barça haydovçilarni huşyorlikka çorlaş maqsadida doimiy ravişda transport vositalarining texnik holatini nazorat etib borişlarini va özlari boşqarayotgan ulovning texnik holatiga javobgar ekanliklarini unutmasliklarini yana bir bor eslatib ötamiz”, deyiladi xabarda.