Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2024 yil uçun xalqaro Vestfaliya tinçlik mukofoti bilan taqdirlandi. «Siz şunçaki bajaruvçi emassiz, siz ilhomlantiruvçisiz. Boşqalar çegaralar haqida gapirganda, siz ufqlar haqida gapirasiz», dedi Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer Makronga 28 may, seşanba kuni Myunsterda.
Mukofot Fransiya rahbariga «Rossiyaning Ukrainaga hujumi boşidagi mojaroni töxtatiş böyiça tinimsiz sa’y-harakatlari» uçun berildi. Emmanuel Makron «Rossiya hujumidan ança oldin Yevropa suverenitetiga çaqirgan», dedi mukofot hakamlar hay’ati raisi Ştaynmayyer. U Makronni «qat’iy yevropalik» deb atadi va unga Fransiya-Germaniya munosabatlariga sodiqligi uçun minnatdorçilik bildirdi. «Bugungi kunda Fransiya va Germaniya bir-biriga yaqin ekani ham kam emas, men bunga siz kabi insonlar tufayli amin böldim», dedi Germaniya prezidenti özining fransuz hamkasbiga.
Makronga uşbu mukofotni topşiriş qarori 2023 yilda qabul qilingan. Ammo taqdirlaş marosimi uning Germaniyaga öşa yilga möljallangan davlat taşrifi Fransiyadagi tartibsizliklar tufayli bekor qilingani sababli qoldirildi.
Öttiz yillik uruşdan keyingi tinçlik
Xalqaro Vestfaliya tinçlik mukofoti 1998 yilda Myunster va Osnabryuk şaharlarida vayronagarçilikka olib kelgan Öttiz yillik uruşdan keyin tuzilgan Vestfaliya şartnomasini xotirlaş uçun ta’sis etilgan. Mukofot Vestfaliya va Lippe iqtisodiy jamiyati (WWL) tomonidan har ikki yilda bir marta beriladi. Ğolib 100 ming yevro oladi, bu eng yirik nemis tinçlik mukofoti bölib, u Yevropa integratsiyasiga alohida hissa qöşgan odamlar, taşkilotlar yoki davlatlarni taqdirlaydi.
Ilgari Vestfaliya tinçlik mukofoti, xususan, Çexiya Respublikasining birinçi prezidenti Vatslav Gavel, Germaniya sobiq kanslerlari Gelmut Kol va Gelmut Şmidt, Fransiya sobiq prezidenti Valeri Jiskar d'Esten, BMT sobiq boş kotibi Kofi Annan, XKS ekipaji, Iordaniya qiroli Abdulla II, şuningdek, Boltiqböyining uçta mamlakati - Estoniya, Latviya va Litvaga topşirilgan edi.








