2024 yil 29 may kuni imzolangan yangi qonun bilan, Soliq kodeksining 227-1-moddasi özgartirildi. Bu modda tadbirkorlar e’tiroziga sabab bölib kelayotgandi.
Unga köra, fiskal belgilarni aks ettiriş yoxud avtomatlaştirilgan hisobga oliş ölçov vositalari bilan jihozlaş yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinişini ta’minlaş böyiça qonunçilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buziş, şuningdek tovarlarni (mahsulotlarni) işlab çiqaruvçilar, import qiluvçilar va sotuvçilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalaş qoidalarini buziş realizatsiya amalga oşirilgan oxirgi hisobot çoragida olingan sof tuşumning 2 foizi miqdorida jarima solişga sabab bölişi belgilandi.
Ilgari realizatsiya amalga oşirilgan oxirgi hisobot çoragida olingan sof tuşum miqdorida jarima solişga sabab bölgan.
Şuningdek, xuddi şunday huquqbuzarlik jarima qöllanganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bölsa, realizatsiya amalga oşirilgan oxirgi hisobot çoragida olingan sof tuşumning 20 foizi miqdorida jarima solişga sabab bölişi belgilandi.
Ilgari bu qoida mavjud emas edi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.








