Isroil 29 may kuni Rafahga tanklarini yubordi va Ğazodagi HAMASga qarşi uruş yil oxiriga qadar davom etişini başorat qildi. Bu haqda Reuters yozdi.

Qayd qilinişiça, köplab ğazoliklar Isroil hujumidan qoçib boşpana topgan Rafahga hujumlarni töxtatiş haqidagi Xalqaro sud qaroriga qaramay, Isroil seşanba kuni Rafahga öz tanklarini olib kirgan.

Rafah aholisining ta’kidlaşiça, Isroil tanklari ğarbdagi Tel-al-Sulton, markazdagi Yibna va Şaburagaça bostirib kirgan, söngra Misr bilan çegaradagi bufer zonaga çekingan.  

Avvalroq, Xalqaro sud Isroil Rafahdan evakuatsiya qilinganlarning xavfsizligini, oziq-ovqat, suv va dori-darmon bilan qanday ta’minlamoqçi ekanini tuşuntirmaganini ma’lum qilgan edi. Sud şuningdek, HAMASni 7 oktyabr kuni garovga olingan isroilliklarni zudlik bilan va heç qanday şartlarsiz ozod qilişga çaqirgan.

Falastin soğliqni saqlaş rasmiylari Isroilning Ğazo böylab havo hujumlari va öqqa tutilişi oqibatida 19 nafar tinç aholi vakili halok bölganini ma’lum qildi. Isroil HAMAS jangarilarini tinç aholi orasida yaşirinişda ayblaydi, jangarilar esa buni rad etib keladi.

Ta’kidlanişiça, Isroil harbiylari Misr çegarasidagi bufer zonaning törtdan uç qismini nazorat qilmoqda va HAMASning qurol kontrabandasi oldini oliş uçun barça qismini nazorat qilişni maqsad qilgan. Bu haqda  Isroil Milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Tsaçi Xanegbi ma’lum qildi.

Ğazodagi janglar heç bölmaganda 2024 yil böyi davom etadi, deb qöşimça qildi u. Şuningdek, Isroil falastinlik mahbuslar bilan isroillik garovga olinganlarni almaşişni közda tutuvçi kelişuvning bir qismi sifatida HAMAS talab qilgandek uruşni tugatişga tayyor emasligiga ham işora qildi.

«Rafahdagi janglar ma’nosiz uruş emas», dedi Xanegbi, maqsad Ğazodagi HAMAS boşqaruviga barham beriş hamda uning va ittifoqçilarining Isroilga hujumini töxtatiş ekanligini takrorladi.

Isroilning eng yaqin ittifoqçisi bölgan AQŞ 28 may kuni Rafahda ötkaziladigan yirik harbiy amaliyotga qarşi ekanini yana bir bor takrorladi va bunday operatsiya allaqaçon ötkazilayotganiga işonmasligini ham aytdi.

Jyenevada, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) yiğilişida 30 dan ortiq davlat Isroilning Ğazodagi şifoxonalarga qilgan hujumlarini qoraladi va anklavdagi soğliqni saqlaş inqirozidagi rolini yanada çuqurroq tekşirişni talab qildi. Isroil vakili esa HAMASni soğliqni saqlaş muassasalaridan harbiy maqsadlarda foydalangan holda «bemorlar xavfsizligini ataylab xavf ostiga qöyganlikda» aybladi.