Prezident Şavkat Mirziyoyev 30 may kuni iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oşirişga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Qayd qilinişiça, yildan yilga energiya resurslariga talab oşib bormoqda. 2024 yilda hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejaş böyiça maqsadli körsatkiçlar şakllantirilgan. Bu maqsadli körsatkiçlar işlab çiqarişga xalal bermagan holda energiya iste’molini samarali taşkil etiş orqali muayyan hajmlarni tejaşni nazarda tutadi.
Şuningdek, iste’molçilarni energiya auditidan ötkazişning yangi tartibi joriy etilmoqda. Unga köra, energiya auditi faqat xalqaro standartlarga muvofiq ötkaziladi. Audit asosida taşkilot va korxonalar tomonidan bajarilişi majburiy bölgan çora-tadbirlar işlab çiqiladi va ularning ijrosi nazorat qilinadi.

Bu borada şaffoflikni ta’minlaş uçun energiya auditi xulosalari va undan keyin erişilgan natijalar yillik biznes-rejalariga kiritilib, kuzatuv kengaşida tasdiqlanadi.
Har bir taşkilot rahbarlariga energiya samaradorligi böyiça KPI joriy etiladi.
Şuningdek, iste’molçilar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalaniş qoidalarini buzganligi uçun amaldagi tarifga ösuvçi koeffitsiyentni qöllagan holda qayta hisob-kitob qiliş, iste’molçilar tomonidan majburiy energiya auditi ötkaziş natijasida belgilangan çora-tadbirlarni muddatida bajarilmasligi, uşbu çora-tadbirlar bajarilişidan iqtisod qilinişi kutilgan yoqilği-energetika resurslari qiymati miqdorida jarima qöllaş tartibini joriy qiliş masalasi örganilmoqda.

Yana bir taklif – taşkilotlar, hududlar va köçmas mulk obektlari kesimida energiya iste’moli reytingini joriy etiş. Bunda Energetika vazirligi tomonidan energiya siğimi eng yuqori va eng past bölganlarning öntaligi yuritilib, ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.
Taqdimotda energiyani tejaş böyiça maqsadli körsatkiçlar va uni amalga oşiriş çoralari atrofliça muhokama qilindi.
Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni aloqador vazirlik va idoralar bilan birgalikda çuqur va puxta işlab çiqiş, körsatkiçlarni xalq deputatlari mahalliy kengaşlari muhokamasiga kiritiş maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.








