Şimoliy Koreya Yapon dengiziga 10 ga yaqin qisqa masofali ballistik raketalarni uçirdi, deb xabar bermoqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi 30 may, payşanba kuni ertalab Koreya ştab boşliqlari birlaşgan qömitasiga tayanib.
Ta’kidlanişiça, raketalar Pxenyandagi Sunan hududidan ertalab soat 6:14 da uçirilgan va Yapon dengiziga tuşişdan oldin taxminan 350 kilometr masofani bosib ötgan. «Şimoliy Koreya raketa uçirilişidan taşqi dunyoga xabar sifatida foydalansa-da, bir vaqtning özida 10 ga yaqin raketani uçiriş unga xos emas», - deya ta’kidlaydi jurnalistlar.
Janubiy Koreya harbiy rahbariyati mamlakat poytaxti Seul va muhim havo bazalari masofasiga tuşgan raketa uçirilişini Koreya yarimoroliga tahdid soluvçi «provokatsiya harakati» sifatida qoraladi va bunga keskin javob berişga va’da berdi, deb yozadi Yonhap.
Yaponiya hukumati ham Pxenyan tomonidan uçirilgan raketalar ballistik bölişi mumkinligi haqidagi ma’lumotni tasdiqlaydi. Boş vazir Fumio Kişidaga köra, raketalar Yaponiyaning maxsus iqtisodiy zonasidan taşqariga tuşgan va ulardan heç qanday zarar qayd etilmagan.
Modelga qarab, ballistik raketalar yadroviy kallak bilan jihozlangan bölişi mumkin. Şimoliy Koreyaning bunday raketalarni sinovdan ötkazişi BMT tomonidan Pxenyanga nisbatan joriy qilingan tegişli taqiqqa zid keladi. Pxenyan 17 may kuni ham ballistik raketalar sinovini ötkazgandi.
Şimoliy Koreyaning orbitaga razvedka sun’iy yöldoşini çiqarişga urinişi
KXDRning navbatdagi raketa uçirişi Şimoliy Koreya harbiy maqsadlarda Yer orbitasiga sun’iy yöldoş olib çiqişga uriniş muvaffaqiyatsizlikka uçraganidan ikki kun ötib amalga oşirildi, deb eslatdi dpa agentligi. OAV ma’lumotlariga köra, 28 mayga ötar keçasi razvedka uçun möljallangan Malligyong-1 sun’iy yöldoşini olib ketayotgan raketa-taşuvçi uçirilganidan köp ötmay havoda portlab ketgan.
AQŞ va Yaponiya Şimoliy Koreyaning sun’iy yöldoşli raketa uçirişini BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyalarini buziş sifatida baholadi.








