«Bavariya» klubi rasmiy sayti Vensan Kompani jamoa boş murabbiyiga aylanganini e’lon qildi. 38 yoşli belgiyalik mutaxassis Myunxen klubi bilan 2027 yilning 30 iyun oyiga qadar möljallangan 3 yillik şartnomaga imzo çekdi.
Kompani 2020 yil futbolçilik faoliyatini yakunlagaç, «Andrlext» boş murabbiyiga aylanib, Belgiya klubini 2 yil davomida boşqardi. 2022 yilda esa Angliyaning «Bernli» klubi boş murabbiyiga aylanib, jamoani Çempionşipdan APLga olib çiqdi. 2023/24 yilgi mavsumda esa Kompani ustozligidagi «Bernli» 24 oçko bilan 19-örinni egallab, Premer-ligani tark etdi.
Avvalroq, «Mançester Siti» ustozi Pep Gvardiola Myunxen klubi rahbariyatiga Vensan Kompanini tavsiya etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ungaça bir qator klublar nemis jamoasi taklifini rad etgandi.








