GFR hukumati Ukrainaga Germaniya tomonidan yetkazilgan qurollardan Rossiya hududidagi nişonlarga zarba yöllaş uçun foydalanişga ruxsat berdi. Bu haqda 31 may, juma kuni hukumat matbuot kotibi Şteffen Xebeştrayt ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, sönggi haftalarda Ukraina «xususan, Xarkiv viloyatida Rossiya çegarasiga töğridan töğri tutaş pozitsiyalardan» hujumlarga uçragan. «Biz aminmizki, Ukraina xalqaro huquq böyiça özini bu hujumlardan himoya qiliş huquqiga ega», — dedi u.
Oq uy Kiyevga Rossiyadagi nişonlarga zarba yöllaşga ruxsat berdi
AQŞ prezidenti ma’muriyati Jo Baydenning körsatmalariga binoan, Ukrainaga Rossiya Federatsiyasi hududiga, ammo Rossiya tomonidan hujumga uçragan şaharni himoya qiliş uçun «faqat Xarkiv bilan çegarada» Amerika qurollaridan foydalangan holda zarbalar yöllaşga norasmiy tarzda ruxsat berdi. Bu haqda 30 may, payşanba kuni Amerikaning Politico naşri va CNN telekanali xabar qildi.
Politico suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, yaqinda AQŞ prezidenti Jo Bayden öz jamoasiga «Xarkivda javob qaytariş uçun» Ukrainaning Amerika qurollaridan foydalanişiga qöyilgan çeklovlarni bekor qilişni va Ukraina Qurolli kuçlariga «zarba bergan yoki bunga tayyorlanayotgan Rossiya qöşinlariga javoban hujum qilişiga» ruxsat berişni buyurgan. Şu bilan birga, naşr manbasining ta’kidlaşiça, Ukraina Rossiya Federatsiyasidagi fuqarolik infratuzilmasiga hujum qiliş uçun Amerika qurolidan foydalana olmaydi yoki Rossiya hududi içkarisidagi harbiy nişonlarga zarba bera olmaydi.
Çexiya va Finlandiya Kiyevga RFdagi nişonlarga zarba yöllaşga ruxsat berdi
Ukraina qurolli kuçlari Finlandiyadan olingan qurollar bilan Rossiya hududidagi nişonlarga hujum qilişi mumkin, dedi mamlakat taşqi işlar vaziri Elina Valtonen 29 may kuni Uusi Suomi naşriga bergan intervyusida. Ukraina Rossiya Federatsiyasiga qarşi mudofaa uruşi olib bormoqda va şuning uçun Rossiya hududidagi harbiy nişonlarga zarba beriş huquqiga ega, deya tuşuntirdi vazir. 30 may kuni Çexiya taşqi işlar vaziri Yan Lipavskiy ham xuddi şunday bayonot bilan çiqdi.








