Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi davomida sanoat körgazmasi va yangi investitsiya loyihalari, şuningdek, sanoat tarmoqlarida işlab çiqarilayotgan mahsulotlar hamda rejalaştirilgan loyihalar bilan tanişdi.
Körgazmada isitiş tizimlari uçun katta va kiçik qozonlar, oğir va yengil sanoat uçun detallar, turli ölçam va quvvatdagi sovutgiçlar, elektrotexnika uskunalari, mototsikllar közdan keçirildi. Şuningdek, davlat xaridlarini tartibga soliş mexanizmi namoyiş etildi.

Qayd qilinişiça, joriy yil viloyatda 1 milliard 300 million dollarlik 607 ta loyiha amalga oşirilmoqda. Xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 14 milliard dollarlik 80 ta loyiha şakllantirilgan. Şundan 4 milliard dollarlik 14 tasini investorlar va tarmoq rahbarlari birgalikda taqdimot qilgan.
Loyihalarga Xitoy, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Malayziya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda. Loyihalar quriliş materiallari, elektr texnikasi, kimyo, töqimaçilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, tibbiyot, konçilik, baliqçilik va boşqa tarmoqlarni qamrab olgan.

Ta’kidlanişiça, Xitoy bilan hamkorlikda Ğijduvon tumanida 600 MVtga teng şamol elektr stansiyasini quriş, malayziyalik investor tomonidan Peşku tumanida grafit konini özlaştiriş va elektroskuterlar uçun akkumlyatorlar işlab çiqarişni taşkil etiş, eronlik investorlar tomonidan Buxoro tumanida kimyo klasterini taşkil etiş loyihalarini amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Mazkur 80 ta loyiha işga tuşirilişi natijasida 22 ming 200 tadan ortiq aholi iş bilan ta’minlanadi.
Prezident qöşilgan qiymatli mahsulotlarni va mahalliylaştirişni köpaytiriş, xizmatlarni rivojlantiriş böyiça qöşimça körsatmalar berdi.








