Prezident Şavkat Mirziyoyev 30 may kuni iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oşirişga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Yildan yilga energiya resurslariga talab oşib borayotgan zamonda ulardan oqilona foydalaniş, isrofgarçilikni kamaytirişni hayotning özi taqozo etmoqda.

Takliflardan biri – taşkilotlar, hududlar va köçmas mulk obektlari kesimida energiya iste’moli reytingini joriy etiş. Bunda Energetika vazirligi tomonidan energiya siğimi eng yuqori va eng past bölganlarning “10 taligi” yuritilib, ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.
Taqdimotda energiyani tejaş böyiça maqsadli körsatkiçlar va uni amalga oşiriş çoralari atrofliça muhokama qilindi.

Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni aloqador vazirlik va idoralar bilan birgalikda çuqur va puxta işlab çiqiş, körsatkiçlarni xalq deputatlari mahalliy kengaşlari muhokamasiga kiritiş maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.








