Fransiya Içki işlar vazirligining içki xavfsizlik boş boşqarmasi Parijdagi yozgi Olimpiya öyinlari vaqtida terakt tayyorlaşda gumon qilingan 18 yoşli çeçenistonlikni qölga oldi. 31 may, juma kuni vazirlik matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytilişiça, matnda ismi körsatilmagan yigit şahardagi «Joffrua Gişar» stadionida terakt sodir etmoqçi bölgan. Uşbu hujumning nişonlari futbol öyini paytida tomoşabinlar va politsiya bölişi kerak edi.
Jinoyatçi deb taxmin qilingan şaxs 22 may kuni qölga olindi, tört kundan söng unga jinoiy-terrorçilik hamjamiyati rahbari sifatida ayblov e’lon qilindi va hibsga olindi, deb xabar bermoqda BFM TV telekanali Milliy aksilterror prokuraturasiga tayanib. Telekanal ma’lumotiga köra, yigit Fransiyaga ota-onasi bilan 2023 yilda kelgan.
Fransiya Içki işlar vazirligi bu 26 iyulda boşlanadigan «Olimpiada öyinlari davomida töxtatilgan birinçi hujum rejasi»ligini va 2017 yildan beri Fransiya politsiyasi tomonidan barbod qilingan 50-terakt rejasi ekanligini ta’kidladi.
Öyinlarda xavfsizlik çoralari kuçaytirilişi kutilmoqda
Radikallar allaqaçon Parijda bir neçta teraktlar uyuştirgan, ularning eng yirigi 2015 yil 13 noyabrda 130 kişining hayotiga zomin bölgan, deb eslaydi AFP. Fransiya rasmiylari avvalroq Ukraina va Ğazo sektoridagi uruşlar Olimpiada vaqtida zöravonliklarga olib kelişi mumkinligidan xavotir bildirgan edi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron aprel oyi örtalarida Olimpiada vaqtida Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi, şuningdek, boşqa harbiy mojarolar, xususan, Yaqin Şarq va Sudandagi jangovar harakatlar töxtatilişiga umid bildirdi. U, şuningdek, bölajak yozgi öyinlar vaqtida «Olimpiada sulhiga erişiş uçun hamma narsani qiliş» niyatida ekanini aytdi.
2024 yilgi yozgi Olimpiya öyinlari 26 iyuldan 11 avgustgaça bölib ötadi. Musobaqalar asosan Parijda ötkaziladi, ammo ba’zi sport turlari böyiça ular boşqa şaharlarda taşkillaştiriladi. Jumladan, Sent-Eten şahridagi «Joffrua Gişar» stadionida oltita futbol uçraşuvi rejalaştirilgan. 2024 yilgi Olimpiadada 10 million mehmon va 10 ming sportçi qatnaşişi kutilmoqda.








