AQŞning Kiyevga Rossiya hududiga Amerika qurollari bilan zarba yöllaşga ruxsat beriş haqidagi qarori Ukraina şimolidagi butun mintaqaga tegişli. Bu haqda 31 may, juma kuni Oq uy Milliy xavfsizlik kengaşining Yevropa masalalari böyiça direktori Maykl Karpenter TSN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Karpenterning sözlariga köra, gap nafaqat Xarkiv viloyati, balki Sumi viloyati yaqinidagi hudud haqida ham boryapti. «Bu Rossiya kuçlari Ukrainani öqqa tutayotgan şimoldagi butun mintaqaga taalluqlidir. Ilgari ular u yerdan nisbatan xavfsiz tarzda öqqa tutişi mumkin edi, ammo endi Ukraina kuçlari javob uçun bizning öq-dorilarimiz va qurollarimizdan foydalanişi mumkin», - dedi AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi vakili.
Şu bilan birga, u ruxsatnoma uzoq masofali ATACMS raketalariga taalluqli emasligini ta’kidladi. «Bu uzoq masofadan zarbalar beriş uçun möljallangan ATACMS’ga taalluqli emas, çunki u Ukrainaga özini himoya qiliş qobiliyatini beriş uçun möljallangan», — dedi Maykl Karpenter.
AQŞ Kiyevga Rossiya hujumlarini qaytarişda «moslaşuvçanlikka» ruxsat berdi
AQŞ prezidenti ma’muriyati Jo Baydenning körsatmalariga binoan, Ukrainaga Rossiya Federatsiyasi hududiga, ammo Rossiya tomonidan hujumga uçragan şaharni himoya qiliş uçun «faqat Xarkiv bilan çegarada» Amerika qurollaridan foydalangan holda zarbalar yöllaşga norasmiy tarzda ruxsat berdi. Bu haqda 30 may kuni Amerikaning Politico naşri va CNN telekanali xabar qildi.
Politico suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, yaqinda AQŞ prezidenti Jo Bayden öz jamoasiga «Xarkivda javob qaytariş uçun» Ukrainaning Amerika qurollaridan foydalanişiga qöyilgan çeklovlarni bekor qilişni va Ukraina Qurolli kuçlariga «zarba bergan yoki bunga tayyorlanayotgan Rossiya qöşinlariga javoban hujum qilişiga» ruxsat berişni buyurgan. Şu bilan birga, naşr manbasining ta’kidlaşiça, Ukraina Rossiya Federatsiyasidagi fuqarolik infratuzilmasiga hujum qiliş uçun Amerika qurolidan foydalana olmaydi yoki Rossiya hududi içkarisidagi harbiy nişonlarga zarba bera olmaydi.








