Yevropa Ittifoqi kengaşi 31 may, juma kuni Rossiyaga qurol yetkazib beriş bilan şuğullanuvçi Eron va Şimoliy Koreya jismoniy va yuridik şaxslarining sanksiyalar röyxatini kengaytirdi. Tegişli bayonot Yevropa Ittifoqi kengaşi saytida e’lon qilindi. Yangi röyxatga olti nafar jismoniy va uçta yuridik şaxs kiritilgan bölib, ularning barçasi mos ravişda Şimoliy Koreya va Erondan ta’minot jarayoni bilan bevosita boğliq.
KXDR vakillariga qarşi sanksiyalar, Yevropa Ittifoqi kengaşi ta’kidlaganidek, «noqonuniy qurol dasturlari va Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini qöllab-quvvatlaş bilan» boğliq. Eron vakillariga «Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi uçun uçuvçisiz boşqariladigan uçoqlar hamda Yaqin Şarq va Qizil dengiz mintaqasiga uçuvçisiz uçoqlar va raketalarni yetkazib bergani uçun» sanksiya qöyildi, bu esa uşbu davlatga Isroilga raketa hujumi, Yaman va Suriyadagi guruhlarga faol yordam berganlik uçun javobgarlikni ham nazarda tutadi.
Röyxatga aniq kimlar kiritilgan?
Eron mudofaa vaziri Muhammadrizo Aştianiy, Islom inqilobi muhofizlari korpusi «Al-Quds» kuçlari qömondoni Ismoil Qaani, Aviations Industries Organization kompaniyasi rahbari Afşin Hoji Fard, dronlarni işlab çiqariş böyiça butlovçi qismlar sotib oliş va sotiş bilan şuğullanuvçi Kavan Electro kompaniyasi, uning yuqori rahbariyati ikki vakili yangilangan Yevropa Ittifoqi sanksiyalari röyxatiga kiritilgan.
Yevropa Ittifoqi kengaşi veb-saytida KXDR vakillarining nomi körsatilmagan, biroq sanab ötilgan şaxslar «aktivlari muzlatib qöyilişi hamda ularga bevosita yoki bilvosita yoki manfaati uçun mablağlar yoki iqtisodiy resurslar taqdim etiş taqiqlanişi» aytilgan. Bundan taşqari, ularga Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga sayohat qiliş taqiqlangan.
Şimoliy Koreya fuqarolari va kompaniyalaridan taşqari Rossiya Primorsk ölkasi gubernatori Oleg Kojyemyako va Rossiyaning «Vostoçnaya Stividornaya kompaniya»si ham Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga duçor böldi. Ta’kidlanişiça, Kojyemyako Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning 2023 yil sentabrida Rossiyaga taşrifini taşkil etişda muhim rol öynagan va bu taşrif davomida unga BMT sanksiyalari bilan taqiqlangan qurol namunalarini bergan.








