Yozda turli vitamin va minerallarga boy sarxil mevalar pişib yetiladi. Qolaversa, uşbu faslda aholi, ayniqsa, bolalar örtasida avj oladigan mavsumiy kasalliklar bor. Ulardan biri — ötkir diareyadir. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumot berdi.
– Ötkir diareya – xalq orasida içburuğ, iç oğriği, iç ketişi nomlari bilan ataladigan xastalik bölib, içak yöllarining funksional buzilişi hisoblanadi, — dedi Toşkent şahri 4-son yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş şifokori Şahlo Isamuxammedova. – U içaklarni böşatiş va içning suyuq holatda kelişi bilan keçadi. Içning kuniga 3-4 martadan köp kelişi ötkir diareya deyiladi.
Qayd qilinişiça, kasallikning 2 ta turi bor. Bular infeksion va noinfeksion turlari hisoblanadi. Xastalik kelib çiqişiga köpinça gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik sabab böladi. Qolaversa, içburuğ yozning issiq kunlarida oçiq havoda qolgan taom va yeguliklar, jumladan, sut va sut mahsulotlarini iste’mol qiliş tufayli yuzaga kelişi mumkin.
Şuningdek, bolalar köçadan uyga kirgaç va taomlanişdan avval qöllarini sovunlab yuvişni unutadi. Şu bilan birga, höl meva-sabzavotlarni iste’mol qilişdan avval ularni yaxşilab çayiş ham doimo hayolga kelavermaydi. Oqibatda oğiz orqali organizmga tuşgan bakteriya va viruslar içburuğ, dizenteriya, salmonellyoz kabi ötkir yuqumli içak kasalliklarini qözğatadi.
Ya’ni organizmdagi bakteriya va viruslar içak şilliq qavatini yalliğlaydi va ulardan ajralgan toksinlar qonga sörilib, butun tanani zaharlaydi. Oqibatda 2 soatdan 2 kungaça bölgan inkubatsion davrda diareyaning ilk belgilari namoyon böladi.
Qolaversa, içburuğ ovqatdan zaharlaniş, şuningdek xatarli patologiyalar, xususan, surunkali gepatit, pankreatit va boşqa infeksion-yalliğlaniş kasalliklarining alomati bölişi mumkin.
Bundan taşqari, ayrim dori vositalari hamda sut va sut mahsulotlarida böladigan laktoza, tabiiy meva, asaldagi va ayrim içimliklarga qöşiladigan fruktoza uglevodlarini iste’mol qiliş ham iç ketişiga sabab böladi.
Böş, suvli iç kelişi, unda qon bölişi, qorin talvasalari, ya’ni ğurillaşi, oğriği, dam bölişi, yuqori tana harorati, holsizlik, köngil aynişi, qusiş kabilar kasallikning asosiy belgilari hisoblanadi.








