Rossiyaning Xitoy bilan «Sibir qudrati 2» gaz quvurini quriş böyiça kelişuv tuzişga urinişlari narx siyosatidagi kelişmovçiliklar va Pekin Moskvadan sotib olmoqçi bölgan gaz miqdori tufayli töxtab qoldi. Bu haqda Financial Times gazetasi 2 iyun, yakşanba kuni muzokaralar borişi bilan taniş bölgan özining uç manbasiga tayanib yozdi.
Naşr suhbatdoşlariga köra, Xitoy «Sibir qudrati 2» orqali yetkazib beriladigan gaz uçun Rossiya Federatsiyasidagi içki yonilği narxiga yaqin narxni tölamoqçi, garçi ular davlat subsidiyalari tufayli ma’lum darajada uşlab turilsa ham. Bundan taşqari, Pekin gaz quvuri quvvati yetkazib berişga möljallangan yonilği miqdorining faqat kiçik qismini sotib olmoqçi.
Uşbu masala böyiça kelişmovçiliklar «Gazprom» YoAJ direktorlar kengaşi raisi Aleksey Millerning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga 2024 yil may oyida Xitoyga safarida hamrohlik qilmaganiga sabab böldi. FT manbalariga köra, Xitoy banklarining Rossiya Federatsiyasidagi faolligini oşiriş talablari va Pekinni tinçlik konferensiyasini ötkazib yuborişga çaqiriş bilan birga, Putin Xitoy yetakçisi Si Jinping bilan uçraşuv çoğida quvur böyiça kelişuvni ham muhokama qilgan.
Millerning bunday jiddiy muzokaralarda yöqligi «juda ramziy» edi, dedi Kolumbiya universitetining Global energiya siyosati markazi tadqiqotçisi Tatyana Mitrova FT’ga bergan intervyusida. Şu bilan birga, Pekinning «Sibir qudrati 2» böyiça qat’iy pozitsiyasi Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi RFni iqtisodiy kömak uçun Pekinga tobora köproq qaram qilib qöyganini ta’kidlaydi, deb yozadi gazeta.
Pekinga «Sibir qudrati» juda muhim emas
Xitoyga gaz quvuri qurilişini ma’qullaş «Gazprom»ning pozitsiyasini özgartirişi mumkin, u 2023 yilda Yevropa Ittifoqiga gaz eksporti deyarli töxtatilgani tufayli 629 milliard rubl miqdorida rekord darajada zarar körgan, deb yozadi FT.
Biroq, «Sibirning qudrati 2» böyiça kelişuvga erişişga hali erta va quvur qurilsa ham, «Gazprom» Xitoyga yiliga jami 98 milliard kubometr gaz yetkazib bera oladi. Taqqoslaş uçun, «Gazprom» Yevropa Ittifoqiga gaz yetkazib berişni sekinlaştirib, keyin butunlay töxtatişidan oldin, Rossiya konserni Yevropa davlatlariga yiliga 200 milliard kub metrga yaqin gaz sotgan.
Rossiya yonilğisini eksport qilişning muqobil yöllari yöqligi sababli, «Gazprom» Pekin şartlarini qabul qilişi kerak, dedi Berlindagi Rossiya va Yevrosiyoni örganiş Karnegi markazi direktori Aleksandr Gabuyev FT bilan suhbatda. Xitoy «yaxşiroq şaroitlar uçun kutiş qobiliyatiga ega», dedi tahlilçi.








