Neft eksport qiluvçi davlatlar taşkiloti va uning hamkorlari (OPEK+) neft qazib oliş hajmini kuniga ikki million barrelga qisqartirişni 2025 yil oxirigaça uzaytirdi. Bu haqdagi qaror 2 iyun, yakşanba kuni Ar-Riyoddagi vazirlar yiğilişida qabul qilindi.
OPEK ma’lumotlariga köra, umumiy qazib oliş kuniga 39,7 million barrelni taşkil qiladi.
Bundan taşqari, OPEK+’ga a’zo 20 ta davlatdan 8 tasi (Jazoir, Iroq, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Rossiya, BAA, Qozoğiston va Ummon) ham 2023 yil aprelida kelişilgan neft qazib olişni ixtiyoriy ravişda 1,65 million barrelga qisqartirişni 2025 yil oxirigaça uzaytirişga qaror qildi. Yana bir ixtiyoriy çeklov – kuniga 2,2 million barrel, u 2023 yil noyabridan amalda bölgan hamda joriy yilning sentabr oyi oxirigaça uzaytirildi. Uşbu qazib oliş hajmiga çeklov 2025 yil sentabrigaça har oy qisqartiriladi.
2023 yil oxirida OPEKda neft qazib oliş kvotalari böyiça mojaro fonida Angola unga a’zolik mamlakat milliy manfaatlariga javob bermasligini hisobga olib, uşbu taşkilotdan çiqişini e’lon qildi.








