"Dunyo" xabariga köra, maqolada muallif öquvçilarni Orol dengizi inqirozi va Özbekiston hukumatining uşbu ekologik ofatning zararli ta’sirini yumşatiş borasidagi harakatlari bilan taniştirgan.

"Bir paytlar Özbekiston va Qozoğiston uçun muhim suv manbasi bölgan Orol dengizi bugun butunlay çekindi, uning örniga Orom qum paydo böldi. Undan kötarilayotgan zararli tuz va çang esa mahalliy aholi salomatligi va qişloq xöjaligiga jiddiy muammolarni keltirib çiqarmoqda", – deyiladi naşrda.

Bunga javoban Özbekiston hukumati Orol dengizining qurigan tubida şu kunga qadar 1,7 million gektar maydonda örmonzorlar barpo etdi. 2024 yilda esa yana 200 ming gektar maydonda yangi örmonzorlar barpo etiş rejalaştirilgan. Loyihaning asosiy maqsadi qum böronlarini kamaytiriş, mahalliy ekotizimni yaxşilaş hamda saksovul va boşqa çöl turlari kabi qurğoqçilikka çidamli ösimliklar ekişdan iborat.

Şu asnoda, eroziyani sekinlaştiriş, atmosferadagi qum va tuz miqdorini kamaytiriş orqali havo sifatini yaxşilaş, mahalliy aholining turli kasalliklarga çalinişining oldi olinmoqda.

Qayd etilişiça, örmonlarni barpo etiş loyihasi mahalliy aholi uçun ham yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratmoqda.