Isroil mudofaa armiyasi (TsAHAL) 3 iyun, duşanba kuni 2023 yil 7 oktyabr kuni uyuştirilgan hujumda HAMAS guruhi tomonidan öğirlab ketilgan yana tört nafar garovga olingan şaxs halok bölganini tasdiqladi. TsAHAL xabariga köra, ularning jasadlari hali ham Ğazo sektorida qolmoqda.
Qurbonlar - 79 yoşli Xaim Peri, 80 yoşli Yoram Metsger, 84 yoşli Amiram Kuper va 51 yoşli Nadav Popplevel - HAMAS tomonidan Nir Oz va Nirim kibutsilardan öğirlab ketilgan. Dekabr oyida jangçilar Peri, Kuper va Metsger iştirokidagi videoni e’lon qilişgan, mart oyida esa ular Isroil armiyasining Ğazo sektorini artilleriyadan öqqa tutişi natijasida halok bölganliklarini aytişgan. Öz navbatida, TsAHAL vakili kontr-admiral Daniel Xagariy rasmiy brifing çoğida garovga olinganlarning ölimi holatlariga oydinlik kiritilayotganini ma’lum qildi. Isroil razvedkasi ma’lumotlariga köra, ular bir neça oy oldin vafot etgan.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 36 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.









