Özbekistondagi 86 ta sanatoriy va tibbiy muassasalarda ötgan yili 60 mingdan ziyod xorijiy turist davolandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, bu körsatkiçni yanada oşiriş mumkin.
Oxirgi beş yilda xususiy klinikalar karrasiga köpaygani bilan atigi 2 tasi xalqaro sertifikat olgan. Oqibatda çet eldan davolanişga kelganlar uluşi pastligiça qolmoqda.
Tibbiyot va soğlomlaştiriş turizmini uyğunlikda rivojlantiriş böyiça yaxlit yondaşuv yöqligi körsatib ötildi.
Şu bois ilğor xorijiy tajriba asosida “Tibbiy xizmatlar mehmondöstligi” dasturi boşlanişi e’lon qilindi.
Endilikda xususiy klinikalarning xalqaro standart oliş, xorijiy körgazmada qatnaşiş xarajatlari budjetdan qoplanadi. Klinikalarga kelgan çet elliklar uçun qöşilgan qiymat soliği qaytariladi.








