Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni Litvada artilleriya snaryadlarini işlab çiqaruvçi zavod qurilişiga 180 million yevro sarmoya kiritmoqda. 3 iyun, duşanba kuni Litva iqtisodiyot va innovatsiyalar vaziri Auşrine Armonayte Rheinmetall bilan 2025 yil oxiridan boşlab yiliga ön minglab öq-dorilar işlab çiqaradigan zavod quriş böyiça kelişuvni imzoladi.
Armonaytening sözlariga köra, bunday kelişuv tuzilişi Litvaning «mudofaa va xavfsizlik sohasida ehtiyojlarini zudlik bilan qondiriş yölidagi öta muhim qadamdir». «Bu bizga Ğarb qurollari va öq-dorilaridan uzluksiz foydalanişimizga yordam beradi», dedi u.
Öz navbatida, Rheinmetall rahbariyati Litva rasmiylariga uzoq muddatli hamkorlik uçun minnatdorçilik bildirdi. Avval xabar qilinganidek, Litvadagi Rheinmetall zavodi 155 millimetrli artilleriya snaryadlarini işlab çiqaradi. Şu bilan birga, kamida 150 iş örni yaratiş rejalaştirilmoqda. Qurilişning ehtimoliy boşlaniş vaqti va joylaşuvi haqida ma’lumot hali olinmagan. Litva va Rheinmetall örtasida kelişuv aprel oyida imzolangan edi.
Germaniya va Litva örtasidagi mudofaa hamkorligi
2022 yil örtalaridan boşlab Litvada Rheinmetall tomonidan Krauss-Maffei Wegmann (KMW) mudofaa kompaniyasi bilan birgalikda oçilgan harbiy texnikaga texnik xizmat körsatiş markazi işlamoqda. Unda Germaniya tomonidan Ukrainaga berilgan Leopard 2 jangovar tanklari ta’mirlanadi.
Bundan taşqari, Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga töliq miqyosli harbiy hujumi boşlanganidan söng, NATO şarqiy qanotida kuçayib borayotgan tahdidlarga javoban Germaniya Litvada bundesver taxminan 4800 kişilik zirhli brigadasini doimiy asosda joylaştirişga qaror qildi. Dastlabki nemis harbiy xizmatçilari, şu jumladan bundesverning 10-tank diviziyasi allaqaçon mamlakatga yetib kelgan. Brigada 2027 yilgaça xizmatga kirişi kutilmoqda.
45-tank brigadasi deb nomlangan bölinma kelasi yili töliq şakllantirilişi rejalaştirilgan. 150 nafar harbiy xizmatçidan iborat kiçik guruh Litvada 2024 yilda xizmat qila boşlaydi. Litva Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, brigadani joylaştiriş Germaniyaga 800 million yevroga tuşadi.








