Hindistondagi parlament saylovlarida boş vazir Narendra Modining «Bxaratiya janata parti» (BJP) partiyasi ğalaba qozondi. 4 iyun, seşanba kuni Nyu-Dehlidagi Saylov komissiyasi ma’lum qilişiça, saylov byulletenlarining 75 foizini qayta işlagandan söng, BJP 38 foiz atrofida ovoz olgani ma’lum böldi.
Şu tariqa, saylovçilar orasida juda maşhur bölgan va Hindiston hukumatini 10 yil davomida boşqarib kelayotgan 73 yoşli Modi uçinçi beş yillik muddatga boş vazir lavozimini egallaşi mumkin.
Biroq, 2019 yilgi saylov natijalari bilan soliştirganda, Modining partiyasi katta yöqotişlarga uçradi va BJPni öz içiga olgan «Milliy demokratik alyans» koalitsiyasi parlamentda 400 örinni qölga kiritiş maqsadiga erişa olmadi. Koalitsiya 543 örindan 280 örinni qölga kiritadi. Oldingi qonunçilik davrida BJP 303 öringa, koalitsiyadagi boşqa partiyalar bilan birga 353 öringa ega edi.
Muxolifat natijani yaxşiladi
Muxolifatning INDIA alyansi öz natijalarini yaxşilagan va parlamentda kamida 230 öringa ega böladi. 2019 yilgi saylovlardan keyin Gandi sulolasining «Hindiston milliy kongressi» (HMK) partiyasi hukmronlik qilgan alyans parlamentda atigi 91 örinni qölga kiritdi.
Hindistondagi saylovlar dunyodagi eng yirik ovoz beriş jarayoni hisoblanadi, röyxatga olingan 968 million saylovçidan 642 millioni qatnaşgan. Olti hafta mobaynida milliondan ortiq saylov uçastkalari oçildi, ovoz beriş yetti bosqiçda ötkazildi. Saylovda 66,3 foiz fuqaro iştirok etgan (2019 yilda – 67,4 foiz).








