2025 yildan Özbekistonda faoliyat yuritadigan, mobil yoki simli telekommunikatsiya tarmoqlariga ega telekommunikatsiya operatorlariga sinov tariqasida xalqaro internet tarmoqlariga öz tijorat ehtiyojlari uçun töğridan töğri ulaniş huquqi beriladi. Bu prezident farmonida nazarda tutilgan.
Şuningdek, qora va rangli metall lomi va çiqindilarini tayyorlaş (xarid qiliş), qayta işlaş va realizatsiya qiliş, tabiiy gaz va elektr energiyasining ulgurji va çakana savdo faoliyatlarini litsenziyalaş tartibi joriy etiladi.
Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Energetika vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boşqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2024 yil 1 sentabrgaça qora va rangli metall lomi va çiqindilarini tayyorlaş (xarid qiliş), qayta işlaş va realizatsiya qiliş, şuningdek, tabiiy gaz va elektr energiyasining ulgurji va çakana savdosi tartibini nazarda tutuvçi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi 2024 yil 1 oktyabrgaça axborot va milliy xavfsizlikning töliq ta’minlanişini nazarda tutgan holda telekommunikatsiya operatorlarining sinov tariqasida xalqaro internet tarmoqlariga öz tijorat ehtiyojlari uçun töğridan töğri ulanişi va bosqiçma-bosqiç boşqa operatorlarga xalqaro internet kanallarini taşkil etiş böyiça xizmatlarni körsatiş tartibini tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.








