Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov BMTning Özbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlangan Sabine Mahlni qabul qildi.

"BMTning Özbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlangan Sabine Mahl xonim bilan uçraşişdan mamnunmiz, – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining Telegram-kanalida. – "Özbekiston – 2030" strategiyasi Barqaror rivojlaniş maqsadlariga töliq mos kelişini alohida ta’kidladik. Özbekiston hukumati BMT va uning tuzilmalari bilan keng kölamli hamkorlik dasturiga ega. Bizning yaqin munosabatlarimiz barça sohalarda yuqori sur’atni namoyon etmoqda". 

Sönggi paytlarda BMT Boş assambleyasi Özbekiston taşabbusi bilan işlab çiqilgan 9 ta, jumladan 2024 yilning ötgan davrida 3 ta rezolyutsiyani qabul qildi. Özbekiston Taşqi işlar vazirligi BMTning Özbekistondagi vakolatxonasi jamoasiga barça zarur yordamni körsatişga tayyorligi aytildi.

Tajribali avstriyalik xalqaro diplomat Sabine Mahl 2022-2023 yillarda BMTning Özbekistondagi missiyasiga rahbarlik qilgan Roli Astxana örniga tayinlandi.