Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Anqara şahriga rasmiy taşrif doirasida 6 iyun kuni Turkish Aerospace Industries Inc. kompaniyasi faoliyati bilan tanişdi.

Davlat rahbariga kompaniya mahsulotlari namunalari, işlab çiqariş jarayoni va xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy hamkorlik natijalari taqdimot qilindi.
1984 yilda taşkil etilgan kompaniya turğun va aylanma qanotli havo texnikasi, uçuvçisiz uçiş qurilmalari va sun’iy yöldoşlarni loyihalaştiriş, işlab çiqiş, modernizatsiya qiliş, işlab çiqariş va aerokosmik tizimlarni integratsiyalaş sohalarida Turkiyaning yetakçi texnologiya markazidir.
2023 yilda Turkish Aerospace Industries Inc. dunyodagi eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyalari röyxatiga kirdi. Korxonaning yillik daromadi 1,5 milliard dollarni taşkil etadi.
Kompaniyada 15 mingdan ziyod xodim, şu jumladan 7 mingga yaqin muhandislar, 6,5 mingdan ortiq texniklar va boşqa işçilar mehnat qiladi.
Taşrif davomida Özbekiston prezidentiga Turkiya mudofaa sanoatining keng turdagi qurol-yaroğ va harbiy texnikani işlab çiqiş va işlab çiqarişga ixtisoslaşgan boşqa korxonalari faoliyati ham taqdimot qilindi.


Aviatsiya texnikasining namoyiş parvozlari ham ötkazildi.












