Surxondaryo viloyatining Jarqörğon tumanida qotillarga yordamlaşgan IIB profilaktik inspektorlari ozodlikdan mahrum etildi. Ularning himoyaçilari tomonidan kiritilgan şikoyat 2024 yil 3 aprel kuni Surxondaryo viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati taftiş instansiyasida körib çiqilgan.    

Sud hujjatida keltirilişiça, Jarqörğon tumani IIB XPB profilaktika katta inspektori vazifasida işlagan 31 yoşli A.X. hamda 30 yoşli X.X. jinoyatni qasddan yaşiriş uçun jinoyatga qöl urgan.

Ular 2023 yil 17 aprel kuni soat 14:30larda Jarqörğon tumani, Yangiqişloq mahallasida yaşovçi N.A.ning telefon orqali bergan xabariga köra uning yaşaş xonadoniga borgan. N.A. Termiz tumani Döstlik mahallasida yaşovçi, oldindan nizolaşib yuruvçi fuqaro K.U. bilan tortişib qolgani, unga urib tan jarohati yetkazganini ma’lum qilgan.

Profilaktika inspektorlari jabrlanuvçi K.U. kaltaklaniş oqibatida tura olmaydigan darajada oğir ahvolda yotganini körgan. Ammo jinoyat izlari borligini körgan holda holat haqida tuman IIB navbatçilik qismiga xabar qilib, röyxatga oliş va tergovga qadar tekşiriş çoralarini boşlamagan. Aksinça, jinoyatni qasddan yaşirib, K.U.ni tez tibbiy yordam xizmatiga olib bormasdan, xonadondagi xöjalik omborxonasiga joylaştirişgan. Profilaktika inspektori X.X. esa jarayonda mansab vakolatidan çetga çiqib, yerda yotgan K.U.ning duç kelgan joylariga urib tepgan. Şu tariqa ular mansabiga sovuqqonlik bilan qaraş ortidan fuqaro ölimiga sabab bölişgan.

Jinoyat işlari böyiça Jarqörğon tuman sudining 2023 yil 8 sentabrdagi hukmiga köra (mazkur sud hukmi bilan marhumni kaltaklagan N.A. va M.A. ham sudlangan), A.X.ga 2,5 yil muddatga huquqni muhofaza qiluvçi organlarda işlaş huquqidan mahrum etib, 5 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qiliş, X.Xga esa 3 yil muddatga huquqni muhofaza qiluvçi organlarda işlaş huquqidan mahrum etib, 6,5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Surxondaryo viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2023 yil 5 dekabrdagi ajrimi bilan sud hukmi özgarişsiz qoldirilgan.

Profilaktika inspektorlarining himoyaçilari tomonidan sud işni bir tomonlama körib çiqqani, yetarli dalil va isbotlarsiz jazo tayinlagani, hukmning ularga oid qismini bekor qilib, oqlov hukmi çiqariş haqida şikoyat kiritilgan. Şikoyatni körib çiqqan Surxondaryo viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati taftiş instansiyasi dastlabki sud hukmini özgarişsiz qoldiriş haqida ajrim çiqargan. 

Eslatib ötamiz, profilaktika inspektorlari qotillarga murdani yaşirişda yordamlaşgani haqida oldinroq Boş prokuratura boşqarma boşliği Baxtiyor Bobojonov öz maqolasida