Anqara şahridagi Prezident saroyida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning tor doiradagi uçraşuvi bölib ötdi.

Davlat rahbarlari butun musulmon ummati uçun muqaddas bölgan Qurbon hayiti bilan bir-birlarini samimiy qutladilar.

Muzokaralar davomida Özbekiston bilan Turkiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini yanada kengaytiriş, köp qirrali hamkorlikni, avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda çuqurlaştiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Hozirgi ikki tomonlama hamkorlik yuksak sur’atda davom etayotgani, barça darajalardagi aloqalar va almaşinuvlar şiddati mamnuniyat bilan qayd etildi.

Özaro tovar ayirboşlaş va investitsiyalar körsatkiçlari ortib bormoqda, qöşma loyihalar va korxonalar, aviaqatnovlar soni köpaymoqda. Özaro madaniy tadbirlar ötkazilmoqda.

Taşrif arafasida biznes forumi muvaffaqiyatli ötkazilib, uning natijasida sanoat, "yaşil" energetika, elektrotexnika, töqimaçilik, farmatsevtika, qişloq xöjaligi va boşqa yönalişlarda, şu jumladan, davlat-xususiy şeriklik dasturi doirasida yangi loyihalarning katta portfeli şakllantirildi.

Hukumatlar oldiga tovar ayirboşlaşni 5 milliard dollarga yetkaziş, jumladan, Imtiyozli savdo bitimi doirasida mahsulot turlarini kengaytiriş vazifasi qöyildi. Istanbul şahrida Özbekistonning savdo vakolatxonasini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.

Davlat rahbarlari raisligidagi Özbekiston-Turkiya Işbilarmonlar kengaşini taşkil etiş töğrisida qaror qabul qilingani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Uning birinçi yiğilişi bugun bölib ötadi.

Qişloq xöjaligi, suv resurslarini boşqariş va raqamlaştiriş sohalarida özaro manfaatli şeriklikni kengaytiriş masalalari ham körib çiqildi.

Xavfsizlik va mudofaa, terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarşi kuraşiş sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlaş va muvofiqlaştiriş zarurligi ta’kidlandi.

Tomonlar faol madaniy-gumanitar almaşinuvlarni davom ettirişga kelişib oldilar. Ta’lim, soğliqni saqlaş, turizm va sport sohalarida hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ikki davlat fuqarolarining bordi-keldisi uçun eng qulay şaroitlarni yaratiş zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Özbekiston va Turkiya rahbarlari, şuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini, jumladan, Afğonistondagi vaziyatning rivojlanişini ham körib çiqdilar.