Bugun, 5 iyun kuni Toşkentda Jahon savdo taşkiloti, Jahon banki va Xalqaro valuta jamğarmasi kömagida konferensiya bölib ötdi. Prezident yordamçisi Saida Mirziyoyevaning sözlariga köra, bu tadbirda Özbekistonning JSTga qöşiliş yölidagi şahdam qadamlari yana bir bor namoyon bölgan.

“Biz iqtisodiy taraqqiyotni qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy himoya, soğliqni saqlaş hamda ta’lim sohalarini takomillaştiriş, şuningdek, qonun ustuvorligini ta’minlaşga qaratilgan islohotlarni davom ettirişga qat’iy kirişganmiz. Biz bu yöldan aslo çekinmaymiz, yurtimizning taraqqiyot manzili – aynan şu.

Bunday maqsadlarga faqat sifatli investitsiyalar va qöşimça qiymat yaratişning global zanjirlariga boğlanib erişiş mumkin.

JST rahbariyatining bizni bu qadar qöllab-quvvatlaşi va işonç bildirişi yuksak bahoga loyiq”, – dedi Saida Mirziyoyeva.

Prezident yordamçisi, şuningdek, Toşkentga kelgan JST boş direktori Ngozi-Okonjo Iveala bilan uçraşgan edi.