Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi («PMEF») doirasida 5 iyun, çorşanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin jahon axborot agentliklari vakillari bilan uçraşdi, uning davomida bir qator dolzarb mavzularda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Yadro qurolidan foydalaniş töğrisida 

Ukrainaga qarşi uruş paytida yadro qurolidan foydalaniş tahdidlari haqida söralganda, Putin «yadro tayoqçasini silkitmasligini» aytdi va şu bilan birga, Rossiya Federatsiyasining yadroviy doktrinasiga muvofiq yadro qurolidan foydalanişga tayyorligini ma’lum qildi. 

«Bilasizmi, ular bizni qandaydir yadroviy tayoqçani silkitişda ayblamoqçi böladi. Lekin men hozir bu mavzuni kötardimmi? Buni siz qildingiz. Meni mavzuga yaqinlaştiryapsiz, keyin esa yadro tayoqçasini silkitganimni aytasiz», dedi Putin Reuters jurnalistining vaziyat bunday xavfga qançalik yaqin ekanligi haqidagi savoliga javoban. 

«Ğarb negadir Rossiya heç qaçon qöllamaydi (yadroviy qurolni) deb hisoblaydi. Bizda yadroviy doktrina bor, unda nima yozilganiga qarang. Agar kimningdir harakati suverenitetimiz va hududiy yaxlitligimizga tahdid solsa, biz undan foydalaniş mumkin deb hisoblaymiz. Buni oddiy, yuzaki qabul qilib bölmaydi. Umid qilamanki, dunyoda hamma bu masalaga şunday yondaşadi», - dedi Putin. 

Ukrainaga Ğarb qurollari yetkazilişi va Rossiya hududiga hujumlar

Ğarb davlatlari iştirokida Rossiya Federatsiyasiga zarba beriş ularning Rossiyaga qarşi töğridan töğri uruşini anglatadi, «Moskva bunga javob beradi», dedi Putin. «Agar biz bu mamlakatlar bizga qarşi uruşga jalb qilinayotganini körsak - bu ularning Rossiya Federatsiyasiga qarşi uruşda bevosita iştirok etişi böladi - biz şunga öxşaş tarzda harakat qiliş huquqini saqlab qolamiz», dedi u jurnalistlarga.

Kreml rahbari agar Rossiya hududiga Ukraina tomonidan Ğarbdan yetkazib berilgan qurollar yordamida hujum qilinsa, Ğarbga «assimetrik javob» bilan tahdid qildi, deya xabar beradi dpa. Xususan, Moskva öz qurollarini dunyoning boşqa mintaqalariga joylaştiriş imkoniyatini körib çiqmoqda, u yerdan Rossiya Federatsiyasiga qarşi qaratilgan qurollar kelib çiqqan mamlakatlarga hujum qiliş uçun foydalaniş mumkin, dedi Putin. «Bu javob assimetrik bölişi mumkinligini anglatadi», deya qöşimça qildi u. 

Rossiyaning Ğarb mamlakatlariga tahdidi haqida