Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Isroil taşqi işlar vaziri Israel Katsni uçraşuvga taklif qildi. «Ötgan hafta Taşqi aloqalar böyiça kengaşda erişilgan kelişuvdan söng, men taşqi işlar vaziri Israel Katsni Yevropa Ittifoqi-Isroil maxsus assotsiatsiya kengaşiga taklif qildim», — deb yozdi Borrel 5 iyun, çorşanba kuni keçqurun ijtimoiy tarmoq sahifasida. Uçraşuv Yaqin Şarqdagi harbiy mojaro avjiga çiqqan paytda Yevropa Ittifoqining Isroil bilan munosabatlariga bağişlanişi kerak. Isroil hukumati hozirça taklifga izoh bermagan.
Ötgan hafta Yevropa Ittifoqiga a’zo barça 27 davlat «Isroil va Yevropa Ittifoqi örtasidagi savdo munosabatlari kelişuvi asosida» Isroil taşqi işlar vazirini maxsus yiğilişga taklif etişga qaror qildi. AFP aniqlik kiritişiça, öşa uçraşuvda Borrel Ğazo sektoridagi halokatli vaziyat, inson huquqlari bilan boğliq vaziyat va BMT Oliy sudining Isroil Rafahda quruqlikdagi hujumini töxtatişi kerakligi haqidagi qarori munosabati bilan Isroilga «bosim ötkaziş» niyatida ekanini aytdi.
YeI davlatlari Isroil va Falastinga munosabat böyiça ikkiga bölingan
HAMAS harakatining hujumi natijasida Ğazo sektorida uruş boşlanganidan beri YeI davlatlari Falastin ma’muriyatini tan oliş böyiça sezilarli farqlarga qaramay, uruş böyiça umumiy pozitsiyani topişga harakat qilmoqda.
Xususan, 28 may kuni Daniya parlamenti köpçilik ovoz bilan Falastin davlatini tan oliş haqidagi rezolyutsiya loyihasini rad etdi. Öz navbatida, Sloveniya parlamenti 4 iyun kuni Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi. Sloveniya şu tariqa may oyi oxirida mustaqil Falastin davlatini rasman tan olgan Norvegiya, Ispaniya va Irlandiyadan keyin şunday qadam qöydi.
Bundan taşqari, Ispaniya va Irlandiya Yevropa Ittifoqini Isroil bilan savdo assotsiatsiyasi şartnomasini qayta körib çiqişga çaqirmoqda.
Germaniya hozirça Falastin davlatini tan oliş niyatida emasligini ma’lum qildi. AQŞ prezidenti Jo Bayden ham Falastinni bir tomonlama tan olişni rad etdi.
Isroil Falastin davlatini tan olişga mutlaqo qarşi
Isroil Falastin davlatini tan olişga mutlaqo qarşi. Yaqinda Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan Falastin ma’muriyati suveren davlat böliş uçun zarur bölgan mezonlarga javob bermasligini aytib ötdi.








