AQŞ, Germaniya, Fransiya va Britaniya davlat va hukumat rahbarlari HAMAS harakatini AQŞ prezidenti Jo Bayden yaqinda e’lon qilgan Ğazo sektoridagi harbiy mojaroga barham beriş rejasini qabul qilişga çaqirdi. Yelisey saroyi tomonidan 6 iyun, payşanba kuni keçqurun e’lon qilingan qöşma xatga köra, ular bu rejani töliq qöllab-quvvatlamoqda. Hujjatda, şuningdek, «davlat va hukumat rahbarlari Isroil xavfsizligiga sodiqliklarini» ta’kidlab, «Bayden rejasi»ni zudlik bilan amalga oşirişga çaqirişgan.
Tört davlat vakillari «Falastin ma’muriyati va boş vazir Muhammad Mustafoning islohot dasturini qöllab-quvvatlaşlarini» yana bir bor tasdiqladilar va hukumatni mintaqaviy va xalqaro qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişga çaqirdilar. Hujjatdan körinib turibdiki, imzolovçilar «Isroilning xavfsizlik ehtiyojlarini qondiriş bilan birga, tegişli xalqaro yordam bilan Ğazo sektorida qonuniy Falastin boşqaruvini tiklaş zarurligini» köryapti.
Baydenning rejasi qanday?
AQŞ prezidenti Jo Bayden 31 may kuni Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş va garovga olingan isroilliklarni ozod qiliş böyiça yangi rejani e’lon qildi, u Isroilning yangi taklifiga asoslanadi. Reja deeskalatsiyaning uç bosqiçi, asosan, doimiy sulh va Isroilning Falastin hududidan çiqib ketişini öz içiga oladi.
Rejaga köra, birinçi bosqiç olti hafta davom etişi kerak. Unda töliq va yakuniy öt oçişni töxtatiş, Isroil qöşinlarining Ğazo sektoridagi aholi punktlaridan olib çiqib ketilişi va yuzlab falastinlik mahbuslarni ozod qiliş evaziga bir qator isroillik garovga olinganlarni qaytariş kiradi. Ikkinçi bosqiç harbiy harakatlarni yakuniy töxtatiş va Isroil qöşinlarini Ğazo sektoridan olib çiqib ketişni öz içiga oladi. Bundan taşqari, bu bosqiçda qolgan barça garovga olinganlar Isroilga qaytarilişi kerak. Nihoyat, uçinçi bosqiçda AQŞ va xalqaro hamjamiyat kömagida mintaqani keng kölamli qayta quriş rejasi boşlanadi, bu esa 3-5 yil davom etadi. HAMAS tomonidan öldirilganlarning jasad qoldiqlari isroillik oilalarga qaytarilişi kerak.
Jo Bayden öt oçişni töxtatiş rejasi Qatar vositaçilari orqali HAMAS guruhi vakillariga berilganini aytdi. Amerika prezidenti HAMASni bu taklifni qabul qilişga çaqirdi. Şu bilan birga, u isroillik siyosatçilarga ham murojaat qildi. «Isroilda bu rejaga rozi bölmaydigan va uruşni çeksiz davom ettirişga çaqiradiganlar borligini bilaman» dedi Bayden, Isroil öz xavfsizligi uçun qörqmasdan kelişuvga erişa olişini ta’kidlab.
HAMAS taklif qilingan kelişuvni olqişladi








