Kiyevga topşirilgan Amerika qurollari Moskva yoki çegaradan sezilarli masofada joylaşgan boşqa hududlarga hujum qiliş uçun işlatilmasligi kerak, dedi AQŞ prezidenti Jo Bayden. Vaşington uşbu qurollarni Rossiya hududida Ukraina bilan çegaraga yaqin joyda qöllaşga ruxsat berdi, dedi u 6 iyun, payşanba kuni ABC News telekanaliga intervyusida.
«Biz Rossiya hududiga 200 milya içkariga zarba yöllaşga ruxsat bermaymiz hamda Moskva va Kremlga qarşi zarbaga ruxsat bermaymiz», deya qöşimça qildi Bayden Fransiyada ittifoqçilarning Normandiyada qönişining 80 yilligini nişonlaş marosimida. Biroq u Rossiya hududidagi harbiy nişonlarga zarba beriş uçun Amerika qurollari qöllanganmi, degan savolga töğridan töğri javob bermadi.
AQŞ Ukrainaga Xarkivni himoya qilişga uçun quroldan foydalanişga ruxsat berdi
Avvalroq, Rossiyaning Xarkiv viloyatiga hujumlari kuçayişi fonida Vaşington Kiyevga Rossiyadagi nişonlarga zarba yöllaşga norasmiy tarzda ruxsat bergani ma’lum bölgan edi. Biroq, Politico naşri va CNN telekanali ta’kidlaganidek, ruxsat Rossiya Federatsiyasi tomonidan hujumlarga duçor bölgan Xarkivni himoya qiliş uçun Xarkiv viloyati bilan çegaradagi hududlarga tegişli.
Xuddi şunday bayonotlar Fransiya, Litva, Latviya, Kanada, Şvetsiya, Estoniya, Polşa, Germaniya, Finlandiya, Çexiya, Britaniya va Niderlandiya tomonidan ham berilgan. May oyida NATO va Yevropa Ittifoqi Ukraina Qurolli kuçlari tomonidan Ğarb qurollaridan foydalanişga qöyilgan çeklovlarni bekor qilişga çaqirgan edi.
Bunga javoban Rossiya Federatsiyasi Vaşingtonga Ukrainaning Rossiya hududiga raketa hujumlari «halokatli oqibatlarga olib kelişi» bilan tahdid qildi. Öz navbatida, AQŞ prezidenti Bayden Ğarb davlatlari Ukrainaga yordam berişni töxtatsa, Ğarb va Rossiya örtasidagi uruş xavfi ortişiga işora qildi.








