Jo Bayden ma’muriyati özining yadroviy qurol strategiyasini kuçaytirmoqda, çunki Rossiya va Xitoy ötgan yili AQŞ qurol nazoratini muhokama qiliş böyiça sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlamadi, deb xabar berdi Semafor juma kuni Bayden ma’muriyatining ismi oşkor qilinmagan yuqori martabali xodimiga tayanib.
Xususan, yangi gravitatsion bomba yaratiş, şuningdek, «Ohayo» toifasidagi qator yadro suvosti kemalaridan foydalaniş muddatini uzaytiriş haqida qaror qabul qilindi, dedi manba. «Jo Bayden ma’muriyati, şuningdek, ortib borayotgan yadroviy tahdidlar şaroitida AQŞ yadroviy kuçlarining keyingi evolyutsiyasini körib çiqmoqda va asosiy ittifoqçilar özlarini himoya qiliş uçun zarur bölgan uzoq masofali zarba beriş va kuzatuv qobiliyatiga ega bölişini ta’minlaşga harakat qilmoqda», - dedi rasmiy batafsil ma’lumot berişdan boş tortib.
AQŞning Rossiya va Xitoy bilan qurol nazorati böyiça muzokaralari
Naşrning yozişiça, 7 iyun kuni Oq uy Milliy xavfsizlik kengaşi qurol nazorati, qurolsizlaniş va qurollarni tarqatmaslik böyiça katta direktori Pranay Vaddi Vaşington tegişli rejalarini qurol nazorati böyiça konferensiyada e’lon qilişi kutilmoqda, deb yozadi naşr.
Ötgan yili xuddi şu konferensiyada Jo Baydenning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan Qöşma Ştatlar Xitoy va Rossiya bilan qurol nazorati masalasini «oldindan heç qanday şartlarsiz muhokama qilişga tayyorligini aytdi», deb eslatdi Semafor. «Biroq, Pekin va Moskva bu takliflarni rad etdi, bu esa Qöşma Ştatlarni öz yondaşuvini özgartirişga majbur qildi», — deya rasmiy sözlaridan iqtibos keltiradi naşr.
Bayden ma’muriyati hali ham özining geosiyosiy raqiblarini muzokaralar stoliga ötkazişga umid qilmoqda, ammo ularni rad etiş oqibatlari bölişini körsatmoqçi, deya qöşimça qildi manba. Rossiya va Xitoy «agar hamkorlikdan boş tortişda davom etsa, xavfsizlik muhiti yomonlaşadi», dedi u.
Rossiya va AQŞ örtasida strategik hujumkor qurollar şartnomasi
Hozirda Rossiya va AQŞ strategik hujumkor qurollarni qisqartiriş böyiça şartnoma (ŞQ-3, New START) majburiyatlariga boğliq bölib qolmoqda. U 2010 yil 8 aprelda AQŞ va Rossiyaning öşa paytdagi prezidentlari Barak Obama hamda Dmitriy Medvedev tomonidan imzolangan va 2011 yil 5 fevralda kuçga kirgan. Hujjat tomonlarning özaro kelişuvi bilan yana 5 yilga uzaytiriş imkoniyati bilan 10 yilga möljallangan. 2021 yil 29 yanvarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ŞQ-3ni 2026 yil 5 fevralgaça uzaytiriş töğrisidagi qonunni imzoladi.








