Strategik hamkorlik kengaşining uçinçi yiğilişi yakunida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Keng qamrovli strategik şeriklikni çuqurlaştiriş töğrisida qöşma deklaratsiyani imzoladi.
Bundan taşqari, ikki mamlakat rahbarlari huzurida köp qirrali şeriklikning köplab sohalarini qamrab olgan 19 ta hujjat imzolandi. Jumladan:
- Ilmiy almaşinuv va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik töğrisida bitim;
- Hududiy rivojlaniş sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş töğrisida bitim;
- Standartlaştiriş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
- Özbekistonning JSTga a’zo bölişida texnik kömak körsatiş böyiça hamkorlik töğrisida bayonnoma;
- Kosmik fanlar, texnologiyalar va tadqiqotlar sohasida hamkorlik töğrisida bayonnoma;
- Qişloq xöjaligi ta’limi sohasidagi hamkorlik töğrisida bayonnoma;
- Energetik rivojlaniş sohasidagi hamkorlik töğrisida bayonnoma;
- Madaniyat sohasidagi hamkorlik töğrisida bayonnoma;
- Axborot sohasidagi hamkorlik töğrisida bayonnoma;
- Kadastr masalalari böyiça hamkorlik töğrisida bayonnoma;
- Turizm sohasidagi hamkorlik töğrisida bayonnoma;
- Oila instituti va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş sohasidagi hamkorlik töğrisida bayonnoma;
- Boşqaruv kadrlarini tayyorlaş sohasidagi hamkorlik töğrisida bayonnoma;
- Huquqiy sohada malaka oşiriş böyiça hamkorlik töğrisida bayonnoma.
Şuningdek, imtiyozli savdo, energetika bozorini tartibga solişga oid ikki tomonlama hujjatlar hamda Qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş böyiça çora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.
















