Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan raisligida Özbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengaşining uçinçi yiğilişi bölib ötdi.
Davlatimiz rahbari Turkiya yetakçisi va xalqiga körsatilayotgan mehmondöstlik va iliq qabul uçun minnatdorlik bildirib, bugungi yiğiliş muborak Qurbon hayiti arafasida va ikki davlat örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 32 yilligi nişonlanayotgan yilda ötkazilayotganini ta’kidladi.
– Strategik hamkorlik kengaşining taşkil etilişi Özbekiston-Turkiya munosabatlari tarixida yangi sahifa oçdi va şeriklikning barça sohalarida yanada rivojlanişga kuçli sur’at bağişladi, – dedi davlatimiz rahbari.
Siyosiy muloqot, parlamentlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almaşinuvlar jadal rivojlanmoqda, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik faollaşmoqda.
Sönggi yillarda özaro savdo hajmi 1,5 barobarga, qöşma korxonalar soni 2 barobarga, Özbekiston iqtisodiyotiga turk investitsiyalari hajmi 2,5 barobarga oşdi. Ikki davlatning yirik şaharlari örtasida haftasiga 90 ta parvoz amalga oşirilmoqda, Turkiyadan kelayotgan turistlar oqimi 3 barobarga köpaydi.
Yaqin kelajakda ikki tomonlama savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkaziş maqsad qilingan.
Bugun Özbekistonda Cengiz Holding, Aksa Energy, Çalık Holding, Akay Inşaat, Anadolu Group, Özgüven, Eczacıbaşı Holding kabi yetakçi turk kompaniyalari tomonidan 100 dan ortiq loyiha muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda. Bu galgi taşrif doirasida 10 milliard dollarlik yangi investitsiya loyihalari portfeli şakllantirildi.
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantiriş maqsadida sanoat kooperatsiyasini kuçaytiriş, yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va birgalikda uçinçi davlatlar bozorlariga çiqiş muhimligi ta’kidlandi.
Şuningdek, imtiyozli savdo töğrisidagi bitim doirasida bojxona tariflarini pasaytiriş, Istanbul şahrida Özbekiston savdo vakolatxonasini oçiş zarurligi qayd etildi.

Qişloq va suv xöjaligi, soğliqni saqlaşni raqamlaştiriş va tibbiyot klasterlarini taşkil etiş sohalarida Turkiyaning ilğor tajribasi va davlat-xususiy şeriklik mexanizmlarini joriy etişga talab borligiga e’tibor qaratildi.











