Rossiyaning bugungi rahbariyatida SSSRni tiklaş ambitsiyalari yöq. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin xalqaro jurnalistlar bilan uçraşuv çoğida France-Press agentligi boş muharriri Karim Talbining savoliga javob beriş asnosida aytib ötdi.
AFP boş muharriri Peterburgdagi «Gazprom» korporatsiyasi qarorgohi joylaşgan «Laxta-sentr» binosi oldida kötarilgan uç bayroq – Rossiya, SSSR yoki Rossiya imperiyasi bayroqlaridan qaysi biri Putinga yaqinroq ekani haqida söragan. Putin bunga javoban Rossiya bayroğini aytgan.
— Bu qançalik ğalati tuyulmasin, «Gazprom»ning qarori. Albatta, janob Miller menga şunday qilmoqçi ekanini aytgandi. Men nega, axir davlat bayroği bor-ku dedim. U esa şunday javob berdi: bu ham tariximizning bir qismi. Men qarşilik qilmadim.
Barçasining öz asosi bor, bor gap şu. Bunda özi yöq narsani izlaşning hojati yöq, qandaydir imperiya ambitsiyalarimizni izlaş kerak emas – ular yöq. Ular yöq, çunki dunyo tez özgarmoqda. Mana, Özbekistonni olaylik. U yerda qança aholi borligini bilasizmi? Bilmaysiz. Fransiyada hozir qança?
65. Özbekistonda – allaqaçon 37. Endi e’tiboringizni «ekranga» qarating: har yili bir million qöşilmoqda. Million – Özbekistonda aholi ösişi. Bunday sur’atda ular tez orada Fransiyani quvib ötişadi. Agar migrantlarni ham ayirib taşlasak, tez orada Fransiyada ham Özbekistondagidek bölib qoladi.
Endi bu gaplarning sababini tuşuntiraman. Agar kimdir bizni qandaydir imperiya ambitsiyalarida gumon qilayotgan bölsa, tasavvur qilib köring: biz sovet ittifoqini tiklaymiz va bizda islom dinidagi aholi ustunlik qiladi. Heç qaçon şu tomonini öylab körmaganmisiz?
Yöq joydan mavjud bölmagan narsani ixtiro qilişning hojati yöq. Biz islom dinidagi aholi ösişiga qarşi emasmiz – biz, aksinça, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasida bölayotgan işlardan mamnunmiz. Bizda islom dinidagi aholi köpçilikni taşkil etadigan ayrim respublikalarda tuğiliş juda yaxşi – biz juda xursandmiz. Ammo ötgan işning bari ötdi, sahifa yopilgan. Biz bugungi reallikdan çiqib kelajakka qaraymiz. Siz körgan bayroqlar – bizning tarixning bir qismi. Bu fikrlar asosida Rossiya haqida heç narsani öylab topmaslik kerak, Rossiyadan duşman obrazini yasamaslik kerak, bu bilan faqat özingizga zarar keltirasiz, tuşunyapsizmi?








