Özbekiston tomonidan tadbirda Global Textile, ProCab, Agromir Group, ERIELL Group, Akfa Holding, Murad Buildings, SAG, BMB Holding, Uzbekistan Hydrogen kompaniyalari iştirok etgan.

Turkiya tomonidan Çalık, Cengiz, Acibadem, Eczacıbaşı, Anadolu Group, Aksa Energy, Zorlu, Kalyon, Onur Group kabi holding kompaniyalari qatnaşgan.

Tadbirkorlar bilan bunday formatdagi muloqot ilk bor ötkazilmoqda. Yiğilişda Özbekiston va Turkiya prezidentlari Işbilarmonlar kengaşining tuzilişi ikki tomonlama munosabatlar rivoji yangi bosqiçga kötarilganining ramzi ekanini ta’kidlagan.

Özbekiston rahbari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy şeriklik izçil sur’atda rivojlanib borayotganidan mamnunligini bildirgan.

Ma’lum bölişiça, sönggi beş yilda Özbekistonda turk sarmoyasi iştirokidagi korxonalar soni uç barobarga oşgan va 2 mingtaga yetgan. Investitsiyalar hajmi ikki barobarga ortgan.

Prezidentimiz energetika, quriliş, konçilik va oziq-ovqat sanoati sohalarida Cengiz Energy, Aksa Energy, Çalık Holding, Eczacıbaşı va Anadolu kabi turk kompaniyalarining muvaffaqiyatli faoliyatini körsatib ötgan.

Davlatimiz rahbari hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini belgilab, eng avvalo, investitsiyaviy şeriklik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirişni taklif etgan.

Özbekiston-Turkiya sanoat klasterini taşkil etiş yuzasidan kelişuvga erişilgan.

Özbekiston prezidenti davlat-xususiy şeriklik mexanizmlarini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratgan. Şu asosda 3 milliard dollarlik qöşma loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.

Kengaş uçraşuvida konçilik sanoatida hamkorlik qiliş ustuvor yönalişlardan biri sifatida qayd etildi. Turkiyaning yirik kon-geologiya kompaniyalari bilan foydali qazilmalarni örganiş va qazib oliş böyiça amaliy işlar boşlangan.

Öz navbatida, Erdöğan Turkiya Özbekiston bilan barça sohalarda özaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlaşga intilişini bildirgan.