Telegram asosçisi Pavel Durov messenjerda içki valuta işga tuşirilganini e’lon qildi. U Telegram Stars deb nomlanadi va undan botlar va mini-ilovalarda raqamli xizmatlarga haq tölaş uçun foydalaniş mumkin. 

Kompaniya blogida xabar qilinganidek, «yulduzlar» Apple va Google marketlarida ilova içidagi xaridlar tizimi orqali yoki PremiumBot yordamida xarid qilinadi. Uni Telegram platformasidagi elektron kitoblar va onlayn kurslardan tortib to öyinlardagi mahsulotlargaça har qanday raqamli tovarlarga sarflaş mumkin. 

Mini-ilova işlab çiquvçilari töplangan «yulduzlarni» keyinçalik Fragment platformasi orqali Toncoin kriptovalutasida çiqarib olişi mumkin böladi. Şuningdek, Telegram ilovalarini yanada tarğib qiliş uçun içki valutadan foydalaniş mumkin.